1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
URGANCH SHAHRIDAGI HARBIY KASBLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TASARRUFIGA OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA
Vatan ozodligi va yurt ravnaqi yoʻlida xizmat qiladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni harbiy kasblarga yoʻnaltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari]
1. Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Urganch shahridagi Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (T. Joʻrayev) Urganch shahridagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda oʻz tasarrufiga qabul qilib olsin va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi harbiy kasblarga yoʻnaltirilgan tayanch muassasaga aylantirish va uning nufuzini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur taʼlim muassasasining xarajatlarini qoplash uchun 2005-yilgi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 88-modda) 2-ilovaning “Mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar” ustunidagi “Toshkent, Fargʻona va Samarqanddagi” soʻzlari “Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Urganchdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.