1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Sport Vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2247-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 9-iyundagi 484-son “Oʻzbekiston Respublikasida Trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247, 2011-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 318-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-dekabr,
11-mh-son
Kelishildi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2025-yil 13-dekabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 4-dekabr
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
2025-yil 27-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi K. RAFIKOV
2025-yil 27-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
“sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;”;
“sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzolarini sportning tegishli turi boʻyicha tayyorlash uchun aʼzolik asosida tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti;”;
“trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikatiga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;”;
7) 14-banddagi “katta yoshdagilar, yoshlar (yuniorlar), oʻsmirlar va bolalar sport” degan soʻzlar “kichik oʻsmirlar, oʻsmirlar, yoshlar, U-23 va kattalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“23. Trener-oʻqituvchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish ular tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish va sport zaxirasini tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida beriladi.”;
15) 25-banddagi “ittifoqlar, assotsiatsiyalar” degan soʻzlar “uyushmalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 4-bobning nomidagi “IV.” degan raqam “4-bob.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 5-bobning nomidagi “V.”degan raqam “5-bob.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)