Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga xizmat koʻrsatishga doir yangi texnologiya jarayonlarini ildamlik bilan oʻzlashtirish va investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ikkinchi bosqichini tugallash boʻyicha “Uzbekistan airways technics” avia korxonasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini D-Chock (ogʻir bazaviy xizmat koʻrsatish, taʼmirlash)gacha kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “DZ BANK” kreditor bank tanlov asosida aniqlanganligi va qarz bitimi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining “Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktning umumiy qiymatini 620,0 ming AQSh dollari summasiga kamaytirish va koʻrsatib oʻtilgan summani boʻyoqchilik angarini va kolibrlash stansiyasini zamonaviylashtirish va jihozlash, dok asbob-uskunalari sotib olish uchun “Lyuftganza Texnik AG” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktga koʻchirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 224-son qarorining 2-bandi
uchinchi xatboshida “4008,57” raqamlari “4628,57” raqamlari bilan, “1516,43” raqamlari “896,43” raqamlari bilan almashtirilsin.
4. Loyihani amalga oshirish bosqichlari tuzilmasi oʻzgarganligini hisobga olib “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi loyihaning uchinchi bosqichini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrishda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun texnik-iqtisodiy asoslarga tegishli tuzatishlar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F.Fayzullayev zimmasiga yuklansin.