1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
“Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish orqali energetika barqarorligi taʼminlash
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida 2025-yil 3-dekabrda investitsiya shartnomasi imzolangani;
(b) investitsiya shartnomasiga muvofiq, Investor Navoiy viloyatida 180 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etgan holda quvvati 300 MVt (600 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
(v) 2025-yil 3-noyabrda Investor bilan “Oʻzenergosotish” AJ oʻrtasida Elektr energiyasini saqlash xizmati boʻyicha bitim hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻrtasida Tarmoqqa ulash toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitimlar) imzolaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
II. Majburiyat va imtiyozlar
2. Belgilansinki, Bitimlarga muvofiq:
(a) Investor oʻz huquq va majburiyatlarini oʻzi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechadi;
(b) Loyiha kompaniyasi oʻz zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi;
(v) Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi. Bunda:
(i) Loyiha kompaniyasining elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurish uchun sarflagan xarajatlari elektr energiyasining tarifi tarkibida koʻzda tutiladi;
(ii) elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul topshiriladi, shuningdek, ushbu obyektlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
(g) “Oʻzenergosotish” AJ oʻn besh yil davomida elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun hamda Loyiha kompaniyasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurishga sarflangan xarajatlar toʻliq qoplanguniga qadar ushbu xarajatlarni belgilangan tarifga qoʻshgan holda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi;
(d) elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun toʻlovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
(j) Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 10,8 million AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
(z) elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
4. Quyidagilarga:
(a) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzenergosotish” AJga Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Bitimlarda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
(b) “Oʻzenergosotish” AJga elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalangani uchun uch oy mobaynida toʻlov majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining chet el valyutasida tasdiqlangan tiklanuvchi akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
III. Loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari
5. Loyihani amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
(b) tegishlicha “Oʻzenergosotish” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Bitimlar maʼqullansin.
6. Belgilansinki, Loyiha kompaniyasiga barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda Loyihani moliyalashtirish doirasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
(a) kredit olish, chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasidagi kredit tushumlari) uchun chet eldagi chet el banklarida bank hisobvaraqlarini ochish;
(b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan chet el pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilari yoki kreditorlariga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish huquqlari beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
7. Navoiy viloyati hokimligi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.06 Servitutlar (shuningdek, 11.03.08.07ga qarang)]
(a) Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda olti oy muddatda Loyihani amalga oshirish doirasida Navoiy viloyati Tomdi tumani hududida elektr energiyasini saqlash tizimini, elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi boʻyicha ommaviy servitut belgilash va toifasini oʻzgarish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflar kiritsin;
(b) Loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkalarini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin. Bunda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
(i) Energetika vazirligi oʻziga berilgan tegishli yer uchastkalari Loyiha kompaniyasiga elektr energiyasini saqlash tizimini qurish hamda Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini va elektr energetikasi infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga ijaraga berilishini taʼminlasin;
(ii) Loyiha kompaniyasi uch oy muddatda yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkazilgan zararlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
8. Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
9. Loyiha kompaniyasi buyurtmanomasiga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan chet el mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan chet el mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzenergosotish” AJning akkreditiv ochadigan chet el banki oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
12. Adliya vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolanadigan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
13. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
16. Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-dekabr,
PQ-379-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Andijon viloyatining Asaka tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA ANDIJAN XAKAN BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Andijon viloyatining Asaka tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-93-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA ANDIJAN XAKAN BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-94-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA NAMANGAN OBI-XAYOT BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-95-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA NAMANGAN KIZIL-RAVOT BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Toshkent viloyatining Parkent va Boʻstonliq tumanlarida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA TASHKENT CHIRCHIQ BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Toshkent viloyatining Piskent tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-97-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA TASHKENT ADOLAT BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA TASHKENT AKHANGARAN BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevraldagi “Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-99-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA FERGANA BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Toshkent viloyatining Boʻka tumanida quvvati 263 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “DATANG BUKA NEW ENERGY DEVELOPMENT” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi “Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-275-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “NUROTA BESS” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi “Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 300 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-276-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi “Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, uning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi podstansiyani hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-277-son qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “NUROTA SOLAR POWER” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJning quvvati 900 MVt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasini va uning infratuzilma obyektlarini sotish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-445-son qarori quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzenergosotish” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Elektr energiyasini xarid qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarorida:
(a) 5-banddagi “chet el banklari” soʻzlari “chet el banklari va mahalliy banklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-fevraldagi “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 75 MVt (75 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida:
(a) 1-bandning “b” kichik bandida:
(i) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida oʻzi tomonidan tashkil etilgan “NAVOIY CLEAN ENERGY TECHNOLOGY” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi”;
(ii) ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(iii) uchinchi — beshinchi xatboshilardagi “Investor” soʻzi “Loyiha kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Investorga” soʻzi “Loyiha kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)