1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazorat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish kafolatlarini kuchaytirish hamda Konstitutsiyaviy sudning qonun ustuvorligini taʼminlashdagi rolini yanada oshirish maqsadida, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq qaror qilaman:
I. Maqsadlar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
1. Quyidagilar Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib belgilansin:
(a) fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish;
(b) fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni koʻrib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish;
(v) Konstitutsiyaviy sud vakolatlarini kengaytirish orqali ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan konstitutsiyaviy nazorat oʻrnatish;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.04.00.00 Konstitutsiyaviy sud ish yurituvi]
(g) konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali Konstitutsiyaviy sud faoliyatida shaffoflikni oshirish.
II. Konstitutsiyaviy sud faoliyati samaradorligini oshirish
2. Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotida (keyingi oʻrinlarda — Axborot) qayd etiladigan taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy etishning samaradorligi va natijadorligini oshirishga oid Oliy Majlis palatalari va Konstitutsiyaviy sudning quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) Axborotda qayd etilgan taklif va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chora-tadbirlar rejasini Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash hamda uning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
(b) masʼul davlat organlari tomonidan Oliy Majlis palatalari kengashlari tasdiqlagan chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda Oliy Majlis palatalari va Konstitutsiyaviy sudga axborot kiritish.
3. Konstitutsiyaviy sudning murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
(a) Konstitutsiyaviy sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish huquqi subyekti boʻlmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yoʻllangan murojaatni Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyektga yuborish;
(b) Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyekt tomonidan fuqaro yoki yuridik shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmagan holatlarda muallifga uning murojaatidagi masalani Konstitutsiyaviy sudga kiritishga asos mavjud emasligini tushuntirgan holda xabar berish va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etish amaliyotini joriy etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
4. Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, xulosa va qarorlarni qabul qilish kabi protsessual masalalarni oʻz ichiga olgan konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritsin.
5. Konstitutsiyaviy sudning konstitutsiyaviy shikoyat instituti samaradorligini oshirish va sud himoyasini taʼminlash borasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) muayyan ish boʻyicha sud tomonidan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilishi sud hujjatini oʻrnatilgan tartibda qayta koʻrishga;
(b) muayyan ish boʻyicha qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga Oliy sud tomonidan murojaat kiritilishi holatini sudda tegishli ish boʻyicha ish yurituvini toʻxtatishga asos sifatida belgilash.
III. Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) sud ishtirokchilarini Konstitutsiyaviy sud majlisining vaqti va joyi haqida “Sud xabarnomasi” elektron xizmati va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali Davlat budjeti hisobidan elektron tarzda xabardor qilish;
(b) sud majlislari videokonferensaloqa rejimida, shu jumladan, mobil ilovadan foydalangan holda oʻtkazilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) Konstitutsiyaviy sud faoliyati toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqaro va yuridik shaxslarga interaktiv xizmatlar koʻrsatadigan axborot tizimlarini yaratish;
(g) odil sudlovni amalga oshirishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni fuqaro va yuridik shaxslarni ovora qilmagan holda vakolatli davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
(d) sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizim yordamida shakllantirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, Konstitutsiyaviy sud axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiyaviy sudning elektron soʻrovi boʻyicha bepul asosda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. 2027-yil 1-avgustdan boshlab Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega “E-KSUD” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etilsin:
(a) Konstitutsiyaviy sudga elektron shaklda murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish;
(b) fuqarolar va yuridik shaxslarga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida interaktiv xizmatlar koʻrsatish;
(v) sud majlislarini jonli efirga uzatish imkoniyatini yaratish;
(g) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
10. Belgilansinki, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirishda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(a) dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
(b) zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
11. “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha tizim operatori etib belgilansin va unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
(a) Konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan bogʻliq barcha jarayonlarni raqamlashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) “E-KSUD” axborot tizimini joriy etish, boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyasini amalga oshirish hamda Konstitutsiyaviy sudga mazkur yoʻnalishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatib borish.
12. Quyidagilarga:
(a) Yagona integratorga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, sud faoliyati uchun dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, muhandislik infratuzilmasi, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun zarur uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish huquqi;
(b) Konstitutsiyaviy sudga:
(i) loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun zarur uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi;
(ii) dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmasiga oid loyihalarni bajarish doirasida uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha 30 foizgacha miqdorda oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.
IV. Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga oid tashkiliy masalalar
13. Konstitutsiyaviy sud faoliyatini tashkiliy-huquqiy va axborot-tahliliy jihatdan samarali taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-yanvardan qoʻshimcha 8 ta shtat birligi ajratilsin.
14. Konstitutsiyaviy sudning “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi” emblemasi namunasini tayyorlash va undan foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]
(a) Konstitutsiyaviy sud devoni rahbari, ekspertlar guruhi rahbari va boʻlim boshliqlariga Oliy sud sudyasi, boshqaruv xodimlariga esa viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudi sudyasi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
(b) ushbu bandning “a” kichik bandidagi shartlar muqaddam sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilib, ushbu shaxslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshiladi va pensiya tayinlashda hisobga olinadi.
16. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Konstitutsiyaviy sud xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga quyidagilar kiritilsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(a) oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan hamda alohida muhim ishlarni amalga oshirayotgan xodimlarni ikki oylik lavozim maoshi miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olingan holda) mukofotlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(b) lavozim maoshining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olingan holda) yilda bir marotaba moddiy yordam puli;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
(v) lavozim maoshining 15 foizi miqdoridagi (alohida mehnat sharoitlari, malaka darajasi va mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq hamda mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti inobatga olingan holda) moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
17. Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 1-martga qadar Konstitutsiyaviy sudni alohida binoda joylashtirish, uni rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) ushbu Farmonga asosan ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklarini 2026-yildan boshlab moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
20. Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov) Oliy sud (B. Islamov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmon talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
21. Farmon ijrosini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-dekabr,
PF-253-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-son Farmoniga 1-ILOVA
2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Bajarish muddati
Moliyalash-tirish manbasi
Masʼul tashkilotlar
I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish
1.
Sudyalar va sud xodimlarini zamonaviy kompyuter va “ofis” texnikasi bilan zarur miqdorda taʼminlash.
1. Kompyuter va “ofis” texnikasiga boʻlgan talabni aniqlash.
2026-yil 1-iyul
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
“Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov)
2. Kompyuter va “ofis” texnikasini belgilangan tartibda xarid qilish.
2026-yil 1-avgust
2.
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (data-markaz)da Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlari, resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarining belgilangan tartibda joylashtirilishini tashkil etish.
1. Konstitutsiyaviy sud tomonidan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarini joylashtirish uchun data-markazdan ajratiladigan zarur resurslarni aniqlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
2026-yil 1-avgust
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov),
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM
(A. Mansurov)
2. Data-markazdan zarur resurslarni ajratish.
2026-yil 31-dekabr
3.
Sudning axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarining axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini kompleks himoya qilish choralarini koʻrish.
1. Axborot xavfsizligi zaifligini oʻrganish va tahlil qilish.
2027-yil 1-aprel
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK
(O. Mirzayev),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov)
2. Zarur uskunalar va dasturiy taʼminotlarni xarid qilish.
2027-yil 1-oktabr
4.
Konstitutsiyaviy sud binosida IP telefon tizimini joriy etish.
1. Tanlov savdosini oʻtkazgan holda tegishli qurilmalarni xarid qilish.
2026-yil 1-oktabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(J. Maxsudov),
“Oʻzbektelekom” AJ
(N. Xasanov)
2. IP telefon tizimini oʻrnatilgan tartibda yoʻlga qoʻyish.
2026-yil 31-dekabr
5.
Tashrif buyuruvchilar uchun sud binosida Wi-Fi hududlarini tashkil etish.
1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish.
2026-yil 1-oktabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(J. Maxsudov),
“Oʻzbektelekom” AJ
(N. Xasanov)
2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish.
2026-yil 31-dekabr
6.
Sud majlisi zali uchun zarur uskunalarni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish orqali quyidagi tizimlarni joriy qilish:
videokonferensaloqa tizimi;
sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish tizimi;
zamonaviy vositalar (gadjetlar)dan foydalangan holda sud majlislarida ishtirok etish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimi.
1. Tanlov savdosini oʻtkazish va shartnoma tuzish.
2027-yil 1-aprel
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
“Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(J. Maxsudov)
2. Uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish.
2027-yil 1-avgust
II. Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlikni taʼminlash
7.
Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagilar orqali sud ish yurituvining “E-KSUD” axborot tizimini joriy etish:
ish yuritish tartibini avtomatlashtirish orqali murojaatlarni elektron roʻyxatga olish va ularning hisobini yuritish;
“Sud xabarnomasi” elektron tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali sud ishtirokchilarini xabardor qilish;
sud hujjatlarini axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish;
sud ishlarini elektron koʻrinishda shakllantirish boʻyicha modulni ishlab chiqish va joriy qilish.
1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.
2026-yil 1-avgust
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov),
“Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov)
2. Dasturiy taʼminot ishlab chiqish.
2027-yil 1-fevral
3. Dasturiy taʼminotni joriy etish.
2027-yil 1-avgust
III. Konstitutsiyaviy sud faoliyatida axborot xavfsizligini, hujjatlarning xavfsiz aylanishini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining lozim darajada ishlashini taʼminlash
8.
Sud arxividagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va arxiv hujjatlarini tizimlashtirish.
1. Sud arxivini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.
2. Sud arxivida qogʻoz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish.
3. Sud arxivida ish va hujjatlarni saqlash tartibi hamda muddatlarini qayta koʻrib chiqish.
2027-yil 1-iyul
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xorijiy hamkorlar mablagʻlari
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
“Oʻzarxiv” agentligi
(U. Yusupov)
9.
Sudda axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibini belgilash.
Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2027-yil 1-iyul
-
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
“Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
(O. Mirzayev)
10.
Sud ish yurituvi tizimining axborot xavfsizligi siyosatini belgilash.
Idoraviy hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2027-yil 1-dekabr
-
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
“Yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ
(E. Gimranov),
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
(O. Mirzayev)
11.
Sud organlarining axborot tizimlarida xizmat maʼlumotlarini va fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha, shuningdek axborot xavfsizligining buzilishi bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish choralarni koʻrish.
Tashkiliy texnik choralar koʻrish.
Doimiy
-
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
(O. Mirzayev)
12.
Barcha sudyalar va masʼul sud xodimlarini elektron raqamli imzolar bilan taʼminlash.
Elektron raqamli imzolarni xarid qilish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish.
Doimiy
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(G. Raximova),
Soliq qoʻmitasi
(J. Abdiyev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
IV. Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlaridan keng va samarali foydalanish boʻyicha tashkiliy tadbirlar
13.
Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida aholi orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish.
Trening, seminar, videoroliklar ishlab chiqish va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
2027-yil avgustdan boshlab doimiy
-
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Djoʻrabayev)
14.
Sud faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.
1. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.
2. Zarur hollarda, tanlangan ilgʻor xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajribalarni oʻrganish.
Alohida reja asosida
Xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
15.
Konstitutsiyaviy sudda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga masʼul boʻlgan xodimlar malakasini doimiy tarzda oshirib borish.
1. Reja-grafikni tasdiqlash.
2. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida sudda AKTni joriy etishga masʼul xodimlar malakasini oshirish
Har yili
-
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(B. Maxkamov)
Izoh: loyihalarni ijro etishning yakuniy qiymati loyiha hujjatlari tayyorlanishi va tasdiqlanishi, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilishidan keyin aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar haqida maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratgan holda Konstitutsiyaviy sud axborot tizimining Ichki ishlar vazirligi “Manzil” va “Jismoniy shaxslar” axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil yanvar
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov),
Ichki ishlar vazirligi
(Z. Kurbanov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil fevral
2.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil yanvar
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil fevral
3.
Sud tomonidan pochta aloqasi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari, boshqa hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash hamda hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlash.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil mart
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov),
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ
(A. Fayzullayev)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil aprel
4.
Konstitutsiyaviy sud va davlat arxivi oʻrtasida arxivda saqlanayotgan hujjatlarni olishga soʻrov yuborish hamda hujjatlarni arxivdan olish qismi boʻyicha elektron axborot almashinuvini taʼminlash.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil may
“Oʻzarxiv” agentligi
(U. Yusupov),
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil iyun
5.
Konstitutsiyaviy sud va Milliy statistika qoʻmitasi oʻrtasida statistik maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha elektron hamkorlikni tashkil etish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil iyul
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Milliy statistika qoʻmitasi
(Z. Ziyayev)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil avgust
6.
Sudga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHSHIRga ega boʻlganlar) narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil iyul
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil avgust
7.
Sudga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar va JSHSHIRga ega boʻlganlar) ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil sentabr
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil oktabr
8.
“E-qaror” elektron dasturidan viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar mahalliy kengashlari qarorlari haqidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda olishni taʼminlash.
1. Texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.
2027-yil noyabr
Konstitutsiyaviy sud
(A. Gʻafurov),
Adliya vazirligi
(N. Muxammadiyev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(O. Umarov)
2. Veb-xizmatni yaratish.
3. Veb-xizmatdan foydalanish imkonini berish.
2027-yil dekabr
Izoh: axborot va maʼlumotlar almashinuvi idoralararo elektron hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6134-son Farmonining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari va xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
Tarif koeffitsiyenti
Rais
21
19,631
Rais oʻrinbosari
19
17,276
Sudya
18
12,211
Devon rahbari
18-3%
Guruh rahbari
17
9,965
Matbuot xizmati rahbari, boʻlim boshligʻi
16
6,490
Rais yordamchisi, birinchi boʻlim mudiri
15
6,146
Katta ekspert, bosh konsultant, bosh mutaxassis
14
5,810
Ekspert, katta konsultant, katta mutaxassis, devonxona mudiri
13
5,482
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatining taʼminoti toʻgʻrisida”gi 64-son qarorining ikkinchi xatboshisidagi “22” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/253/1177-son)