Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining
Qonunini ijro etish hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim sifatini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tugatilayotgan Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilsin.
2. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat talablariga muvofiq attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish;
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida davlat taʼlimi standartlariga rioya qilinishini nazorat qilish.
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasi haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati, aʼzolarining soni bir nafarga koʻpaytirilsin va hayʼat tarkibiga Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining boshligʻi kiritilsin.
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklansin.