1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.04.00 Qishloq joylarida ijtimoiy sohani rivojlantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohasi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ularni oʻqitishni xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-son qarori bilan:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut);
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzurida Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish instituti) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
2. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
3. Belgilansinki:
qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohalaridagi rahbar hamda mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar va ilmiy xodimlari malakasini uzluksiz oshirish hamda ularni qayta tayyorlash buyurtmachi bilan tuziladigan shartnoma asosida Institut va Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish instituti tomonidan amalga oshiriladi;
oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbar va xodimlari, maxsus fan oʻqituvchilari, ishlab chiqarish taʼlim ustalari 2021-yil 26-fevraldagi 106-son qarorida belgilangan tartiblarga muvofiq qayta tayyorlanadi hamda ularning malakasi oshiriladi;
Institut va Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish institutining professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini saqlash xarajatlari budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
budjetdan tashqari mablagʻlar jami xarajatlarning (budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ish haqi oladigan xodimlarni saqlash va malaka oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil qilishdagi barcha xarajatlar) oʻrni toʻldirilgandan keyin qolgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan qismi Institut va Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish instituti xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishga, qolgan 50 foizi esa ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
4. Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar hamda mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar va ilmiy xodimlari malakasini uzluksiz oshirishning bevosita malaka oshirish shakli bilan birgalikda mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllari joriy etilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
5. Belgilansinki, mustaqil (ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish, ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish va boshqalar) va muqobil (soʻnggi 3 yilda falsafa doktori (PhD) yoki mutaxassislik boʻyicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilish va boshqalar) malaka oshirish shakllari boʻyicha oʻzining malaka va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borgan hamda belgilangan talablarga javob bergan xodimlar navbatdagi majburiy malaka oshirish oʻquv kurslariga jalb etilmaydi hamda ularga malaka attestati toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etiladi.
Bunda mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllari boʻyicha maʼlumotlar xodimlar tomonidan “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida ochilgan elektron portfolioga kiritib boriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi modulni yaratsin:
qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar hamda mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar va ilmiy xodimlari malakasini uzluksiz oshirish shakllari (mustaqil va muqobil) boʻyicha maʼlumotlarni kiritib boruvchi elektron portfolio ochish;
qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar hamda mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar va ilmiy xodimlarini qayta tayyorlashga jalb etish;
onlayn test sinovlarini oʻtkazish, elektron darslik, oʻquv qoʻllanma va onlayn videodarslar joylashtirish.
Bunda ushbu modul Qishloq xoʻjaligi vazirligining hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng miqdorlarda yaratiladi.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari tizim xodimlarining doimiy ravishda soha boʻyicha bilimlarini oshirish va mustahkamlash maqsadida:
ishga qabul qilinayotgan xodimlarni maxsus ishlab chiqilgan bir oylik dastur asosida onlayn oʻqitsin;
har olti oyda xodimlarni onlayn test sinovlaridan oʻtkazsin, qoniqarsiz natija koʻrsatgan xodimlar bilan tizimli ishlarni tashkil etsin;
har haftada kamida bir soatlik darslar tashkil etsin, unda sohaning malakali kadrlari, pedagog va mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yangiliklar, muammolar va ularning yechimlari muhokamalariga alohida eʼtibor qaratsin;
xodimlar tomonidan har haftada axborot tizimida oʻrganib chiqilgan mavjud elektron darslik, oʻquv qoʻllanma va videodarslar natijalari boʻyicha test sinovlari topshirilishini taʼminlasin, ularning natijalarini amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha toʻlov miqdorini belgilashda inobatga olsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir hafta muddatda:
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish instituti faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni;
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish institutini 2026-2027-yillarda rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Institut va Veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirish institutiga bittadan yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-dekabr,
783-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 783-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy tarkibiy boʻlinmalar xodimlari va uning tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassis kadrlarining (keyingi oʻrinlarda — soha mutaxassislari) uzluksiz malakasi har uch yilda kamida bir marta Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan doimiy ravishda oshiriladi.
3. Institut soha mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar rahbarlari, boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi masalalariga masʼul mutaxassis kadrlarining sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda innovatsiyalar boʻyicha malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — qayta tayyorlash, malaka oshirish va qisqa muddatli kurslarda taʼlim olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Vazirlik markaziy apparati — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining departament boshligʻi va boshliq oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda mutaxassis kadrlar funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar;
ilmiy xodimlar — ilmiy-tadqiqot muassasalarida innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi laboratoriya (boʻlim) mudiri, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar lavozimidagi shaxslar;
malaka oshirish — xalqaro tajribalar, standartlar va talablar asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq soha rahbar va mutaxassis kadrlarining malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali kasbiy mahoratining oʻsishini taʼminlashdan iborat oʻquv kursi;
masofaviy malaka oshirish — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali malaka oshirishning onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va oflayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shakli;
tinglovchi — qayta tayyorlash, malaka oshirish va qisqa muddatli kurslarda belgilagan tartibda oʻqiyotgan hamda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar kadrlar, mutaxassislar va ilmiy xodimlar;
uzluksiz malaka oshirish — rahbar kadrlar, mutaxassislar va ilmiy xodimlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirish, muntazam ravishda rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi koʻp bosqichli tizim;
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlarining (kurslar) nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
qayta tayyorlash — sohada faoliyat yuritayotgan kadrlarda mutaxassisligidan tashqari boshqa yoʻnalishda xalqaro tajribalar, standartlar va talablar asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish kursi;
qisqa muddatli kurslar — Vazirlik tizimiga kirmaydigan qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari hamda boshqa tashkilotlarning rahbar kadrlari va mutaxassislari uchun tashkil etiladigan oʻquv kursi.
2-bob. Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning maqsad va vazifalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
5. Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning bevosita va bilvosita shakllarini oʻzaro bir-birini toʻldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etish orqali Vazirlik markaziy apparati, rahbar kadrlari va mutaxassislari, ilmiy xodimlarining oʻzini oʻzi mustaqil shaxsiy va kasbiy rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ilmiy hamda zamonaviy tendensiyalar asosida doimiy ravishda rivojlantirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻladigan kasbiy bilimlar, koʻnikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borish uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarining maqsadi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
6. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
soha mutaxassislarining kasbiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq qishloq xoʻjaligida yuqori hosil olish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini oshirish uchun zarur darajada kasbiy va amaliy tayyorgarlikni oshirish;
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlashning toʻgʻridan-toʻgʻri va kasbiy faoliyatga bogʻliq bilvosita shakllarining amaliyotga toʻliq joriy etilishini taʼminlash va monitoringini yuritish;
soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatidan kelib chiqib, ularni kasbiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish;
taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali Vazirlik markaziy apparati, rahbar kadrlari va mutaxassislari, ilmiy xodimlarining kasbiy tayyorgarligi sifatiga qoʻyiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish.
3-bob. Uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
7. Uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
soha va mutaxassislik, kasbiy faoliyati boʻyicha mustaqil malaka oshirish;
soha va mutaxassislik, kasbiy faoliyati boʻyicha muqobil malaka oshirish;
taʼlim dasturlari asosida Institutda bevosita oʻqish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
8. Mutaxassislik va kasbiy faoliyat boʻyicha mustaqil malaka oshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish;
“Ustoz-shogird” tizimi asosida iqtidorli va isteʼdodli yoshlar bilan ishlash;
ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish;
ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish;
monografiya, mualliflik ijodiy ishlari katalogini tayyorlash va nashr qilish;
oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, tavsiyanoma) tayyorlash va nashr qilish;
fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilish;
oxirgi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda malaka oshirish, stajirovka oʻtash.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
9. Mustaqil malaka oshirish shakllari quyidagicha amalga oshiriladi:
ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish — oʻzining tashabbusi bilan yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, hududlarning eksport salohiyatini oshirishga, oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga keng tatbiq etish;
ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish — fan va amaliyot, oʻqitish metodikasi hamda texnologiyasining dolzarb muammolarini hal etishga va oʻquv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan dolzarb mavzulari, innovatsion yoʻnalishlari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar, davra suhbatlari, seminarlarda ilmiy yoki ilmiy-metodik maʼruzalar (axborotlar) qilish;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish — mustaqil ravishda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan (mutaxassisligi doirasida) muhim mavzular boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot (empirik) natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik gʻoyalari va ishlanmalarini dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan, elektron ilmiy-texnik jurnallarda eʼlon qilish;
koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish — mashgʻulot olib borayotgan fanlari boʻyicha ijodiy ish natijalarini respublika hamda xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar va koʻrgazmalarda ishtirok etish orqali ommalashtirish, sovrindor boʻlish;
ilmiy loyihalarda ishtirok etish — xalqaro loyihalar va dasturlar, shuningdek, fan hamda texnologik taraqqiyotning bugungi darajasi bilan kadrlar tayyorlash taʼlim mazmuni, sifatini oshirish orasidagi uzviylikni rivojlantirish maqsadida fundamental, innovatsion va amaliy loyihalarga, xoʻjalik shartnomalari asosida bajariladigan ishlarga, shuningdek, xalqaro miqyosdagi loyihalarga rahbarlik qilish yoki ishtirokchi sifatida faoliyat yuritish;
xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish — mustaqil ravishda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan muhim mavzular boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik va innovatsion gʻoyalarini xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli yoki impakt-faktorli ilmiy jurnallarda eʼlon qilish;
ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish — sohaning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan tadqiqot natijalari asosida mahsulot va ishlanmalarni yaratish;
monografiya, mualliflik ijodiy ishlari katalogini tayyorlash va nashr qilish — aynan ilmiy-tadqiqot mavzusi natijalari yoki mualliflik ijodiy ishlari asosida tayyorlangan asar (katalog)ni nashr etish;
oʻquv adabiyotlarini tayyorlash — davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablar asosida tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tajribalar asosida yangi avlod oʻquv (elektron) adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanmasi, metodik qoʻllanma)ni yaratish va belgilangan tartibda taʼlim amaliyotiga joriy etish;
ilmiy rahbarligida fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi — ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdagi faolligi, rahbarligida fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlangan va himoya qilingan dissertatsiya;
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish — ishdan ajralgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda xorijiy mamlakatlarda kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-metodik darajada amalga oshirish, axborot texnologiyalari va oʻqitishning interaktiv metodlari boʻyicha kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oshirish;
xorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtash — ishdan ajralgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy mamlakatlarda ish tajribasi, amaliy koʻnikmalari va kasbiy bilim darajasiga ega boʻlish maqsadida maʼlum vaqt davomida bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
10. Quyidagilar muqobil malaka oshirish shakllari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega boʻlish;
oxirgi 3 yilda doktorlik (PhD yoki DSc) dissertatsiyasini himoya qilish;
oxirgi 3 yilda oʻsimliklarning yangi nav va duragaylarini, qishloq xoʻjaligi texnikasi yoki ishlab chiqarish agrotexnologiyasi muallifi boʻlishi;
oxirgi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda umumiy davomiyligi 2 hafta yoki 72 soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash.
11. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlarning uzluksiz malaka oshirish shakllari boʻyicha soʻnggi uch yildagi maʼlumotlari elektron portfolio tizimiga shaxsan xodimlarning oʻzi tomonidan kiritiladi va koʻrsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.
Mustaqil malaka oshirish shakllari boʻyicha xodimlarning faoliyati ushbu Nizomga 1-ilovadagi Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlarning mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllarini baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
12. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlarning mustaqil malaka oshirish shakllari uchun belgilangan 100 balli tizimda:
kamida 55 ballni toʻplagan xodimlar toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn test sinovlarini topshirishga tavsiya etiladi. Bunda onlayn test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtmagan xodimlar Institutda taʼlim dasturlari asosida bevosita oʻqishga tavsiya etiladi;
86 — 100 ballni toʻplagan xodimlarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka attestati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.
13. Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan soha mutaxassislariga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish sertifikati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.
14. Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoni kunduzgi oʻqish shaklida soha mutaxassislarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda bevosita kasbiy rivojlanishni tashkil etishning maqbul yoʻllarini tanlash, kasbiy bilim va koʻnikmalarni doimiy yangilash imkoniyatini berish orqali tashkil etiladi.
15. Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda, malaka oshirish jarayoni masofadan oʻqitish usullari qoʻllangan holda ham tashkil etilishi mumkin.
16. Malaka oshirish kursining oʻquv dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv dasturi) oʻzlashtirish muddati 2 hafta (72 soat yoki 12 kredit)dan hamda qayta tayyorlash kursining oʻquv dasturi 4 hafta (144 soat yoki 24 kredit)dan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno).
Institut, zaruratga koʻra, oʻquv kurslarining davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
17. Malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 25 nafardan kam boʻlmagan tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Bunda auditoriya mashgʻulotlari barcha turlarining davomiyligi Institut tomonidan belgilanadi, lekin oʻquv mashgʻulotlari 80 daqiqadan oshmasligi va oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus 10 daqiqadan kam boʻlmasligi lozim.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Institut direktorining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha tashkil etiladi.
18. Vazirlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda shartnoma asosida oʻqitish qiymatlarini belgilaydi (oliy taʼlim va kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bundan mustasno).
4-bob. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi
19. Soha mutaxassislarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) huzuridagi Institut tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 5-noyabrga qadar qishloq xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlarning malaka oshiradigan mutaxassislari roʻyxatini shakllantiradi va Vazirlikka taqdim qiladi.
Vazirlik har yili 10-noyabrga qadar Institutga Vazirlik markaziy apparati, rahbar kadrlari va mutaxassislari, ilmiy xodimlari orasidan yoʻnalishlar kesimida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari boʻyicha tinglovchilarning soni va muddatlarini koʻrsatgan holda buyurtma beradi.
Qishloq xoʻjaligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan nomutaxassis xodimlar Institutning qayta tayyorlash kurslariga jalb etiladi.
21. Institut Vazirlikning buyurtmasiga asosan har yili 1-dekabrga qadar yoʻnalishlarning oʻquv dasturi va oʻquv rejasi asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadigan professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislarning roʻyxatini hamda reja-grafiklarni ishlab chiqadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlarining oʻquv dasturi va oʻquv rejasi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
22. Institut tomonidan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Milliy markaz, sohaga aloqador boshqa oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilari, tajribali va amaliyotchi mutaxassislar soatbay haq toʻlash asosida jalb qilinadi.
Institut Milliy markaz bilan kelishilgan holda malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga xorijiy ekspertlarni ham jalb qilishi mumkin.
23. Institutda malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻqitishning zamonaviy shakllari, uslublari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, tasdiqlangan mashgʻulotlar dasturlari asosida amalga oshiriladi.
24. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy shakllari qoʻllanadi:
maʼruza;
seminar;
amaliy (laboratoriya mashgʻulotlari) mashgʻulotlar.
Oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari — sayyor (koʻchma) mashgʻulotlar va dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy taqdimotlar, jamoada ishlash va boshqalar ham qoʻllanishi mumkin.
25. Masofaviy taʼlim shaklidagi oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni maxsus taʼlim platformalarida onlayn (real vaqt rejimida) va oflayn (tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
26. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash (oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bundan mustasno) Institut bilan ular faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
27. Oʻquv mashgʻulotlari Institutning binosida, amaliy va sayyor (koʻchma) dars mashgʻulotlari oʻquv rejasiga muvofiq Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida, Toshkent davlat agrar universitetida, shuningdek, zamonaviy boshqaruv va ilgʻor innovatsion agrotexnologiyalar joriy qilingan agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari ekin yer maydonlarida hamda boshqa koʻrgazmali obyektlarda oʻtkaziladi.
28. Amaliy va sayyor (koʻchma) dars mashgʻulotlari oʻtkaziladigan obyektlar Milliy markaz bilan kelishilgan holda tanlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
29. Malaka oshirish va qayta tayyorlash mashgʻulotlari yakuni boʻyicha tinglovchilarning olgan bilimi hamda qishloq xoʻjaligi sohasidagi tayanch bilimlari va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan Attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbat yoki test asosida 100 balli tizimda quyidagicha baholanadi:
0 — 54 ball — “oʻtmadi” (maʼlumotnoma beriladi);
55 — 100 ball — “oʻtdi” (sertifikat beriladi).
Bunda test va suhbat savollari oʻquv dasturining mazmuni va kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan trener (oʻqituvchi)lar tomonidan tuziladi.
Baholash test sinovlari shaklida oʻtkazilganda, test topshiriqlari jami 50 ta savoldan iborat boʻlib, topshiriqlarni bajarish uchun 100 daqiqa hamda har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball ajratiladi;
baholash suhbat asosida oʻtkazilganda, jami savollar soni 5 tadan iborat boʻlib, har bir savolga toʻgʻri javob uchun 20 ball ajratiladi.
30. Suhbat va test jarayonlari videoyozuvga olinadi va bir yil davomida Institutda saqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
31. Tinglovchilarning olgan bilimlarini xolisona baholash maqsadida Institut direktorining buyrugʻi bilan Attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari soni, qoida tariqasida, toq sondan — rais va kamida toʻrt nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Attestatsiya natijalari qaydnomaga qoʻyiladi hamda Attestatsiya komissiyasi raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan (suhbat yoki testdan oʻtgan) tinglovchilarga Attestatsiya komissiyasining xulosasi asosida Institut tomonidan ushbu Nizomga 2va 2a-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan tinglovchilarni keyingi oʻquv kurslariga trener sifatida tayyorlash maqsadida ular xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkalarga yuboriladi.
Attestatsiya sinovlarini topshirmagan (suhbat, testdan oʻtmagan) tinglovchilarga sertifikat berilmaydi. Mazkur holatda tinglovchilarga malaka oshirish kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Bunda attestatsiya sinovlarini topshirmagan (suhbat, testdan oʻtmagan) hamda uzrli sabablarga koʻra sinovlarga kelmagan tinglovchilar bir yil mobaynida oʻz hisobidan pulli asosda oʻqishning tegishli yoki turdosh yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan oʻtishi shart.
5-bob. Trener (oʻqituvchi)larni tayyorlash tartibi
32. Vazirlik markaziy apparati, rahbar kadrlari va mutaxassislari, ilmiy xodimlari uchun dars mashgʻulotlarini oʻtkazadigan oʻqituvchilarning malakasi trener (oʻqituvchi)lar tomonidan oshiriladi.
33. Trener (oʻqituvchi)lar Institutda Vazirlikning buyurtmasi boʻyicha shartnoma asosida, tasdiqlangan oʻquv dasturi va oʻquv rejasiga muvofiq sohadagi yetuk olimlar, tajribali amaliyotchilar va xorijiy ekspertlar tomonidan tayyorlanadi.
34. Trener (oʻqituvchi)larning oʻquv dasturi va oʻquv rejalari har bir yoʻnalishning oʻziga xosligini inobatga olib, Institut tomonidan ishlab chiqiladi va tegishlicha Milliy markaz bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
35. Institut tomonidan trener (oʻqituvchi)likka soha boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, qishloq xoʻjaligi, xalqaro loyiha va boshqa tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchilari va amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislar soatbay haq toʻlash asosida jalb qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
36. Institutda trener (oʻqituvchi)larni tayyorlash kurslari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladi:
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassis kadrlarining boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish;
tizimdagi oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari kadrlarining pedagogik mahoratini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik kadrlar hamda ilmiy xodimlar tadqiqotlarini tashkil etish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi masalalariga masʼul mutaxassislarini sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda innovatsiyalar boʻyicha oʻqitish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar rahbar va xodimlarini zamonaviy agrobiznes (fermerlikka) hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga oʻqitish.
37. Trener (oʻqituvchi)lar Institutda bir haftadan (36 soat) kam boʻlmagan oʻquv mashgʻulotini, shundan 18 soatlik auditoriya mashgʻulotlari, 6 soatlik amaliy yoki sayyor dars mashgʻulotlari hamda 12 soatlik mustaqil mashgʻulotlarni oʻtkazadi.
38. Institut tomonidan oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan oʻtgan) trener (oʻqituvchi)larga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunadagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma trener (oʻqituvchi)lar uchun uch yil davomida Institutda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tegishli yoʻnalish boʻyicha dars berish uchun asos boʻladi.
39. Imtihonni topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) trener (oʻqituvchi)larga guvohnoma berilmaydi. Bunday holatda ularga oʻquv kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Bunda trener (oʻqituvchi)lar Institutda qishloq xoʻjaligi sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga jalb etilmaydi.
Uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan trener (oʻqituvchi)lar uchun imtihon Institut tomonidan qoʻshimcha ravishda tashkil etiladi.
6-bob. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi
40. Vazirlik markaziy apparati, rahbar kadrlari va mutaxassislari, ilmiy xodimlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi masalalariga masʼul mutaxassislari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda innovatsiyalar boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar rahbar va xodimlarini zamonaviy agrobiznes (fermerlikka) hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga Institutda shartnoma asosida oʻqitiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
41. Vazirlik tizimiga kirmaydigan, lekin qishloq xoʻjaligi soha va tarmoqlariga aloqador muassasalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari hamda rahbar kadrlari qisqa muddatli kurslarda Institut bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali malaka oshiradi.
Qisqa muddatli kurslar Institut tomonidan mustaqil ravishda yoki buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari va oʻquv rejasiga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi.
Bunda oʻquv kurslarining davomiyligi, oʻquv yuklamasining hajmi, oʻqitish shakllari hamda oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan yakuniy sinov imtihoni Institut tomonidan buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Tinglovchilar oʻquv kurslariga buyurtmachining murojaatiga asosan Institut direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
42. Qisqa muddatli kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga ushbu Nizomga 4-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Sertifikat, qoida tariqasida, elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga bir marotaba qayta topshirish uchun uch oygacha muddat beriladi.
Qayta topshirish natijasida ham yakuniy sinov imtihonidan oʻta olmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
7-bob. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
43. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari, Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassis va rahbar kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjeti mablagʻlari;
tinglovchilarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
44. Agroklaster, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa aloqador tashkilotlarning mutaxassislari va rahbar kadrlari malakasini oshirish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
45. Trener (oʻqituvchi)larni Institutda tayyorlash xarajatlari Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xorijiy grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8-bob. Uzluksiz malaka oshirish jarayonlari ishtirokchilarining huquqlari va vazifalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
46. Institut:
tasdiqlangan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi boʻyicha tinglovchilarga yuqori saviyali professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislar tomonidan mashgʻulotlarning toʻliq va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi;
tinglovchilarni zarur oʻquv materiallari bilan taʼminlaydi, mavjud oʻquv resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
tinglovchilarning murojaatiga muvofiq imkoniyatlaridan kelib chiqib, yotoq joy bilan taʼminlaydi;
elektron portfolio tizimi koʻrsatkichlari boʻyicha tinglovchilarning faoliyatini tizimli tahlil etib boradi va yakunlari boʻyicha tegishli koʻrsatkichlarini inobatga oladi;
tinglovchilarga oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalari va oʻquv jarayonlarining tashkil etilishi bilan tanishtiradi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari davomida tinglovchilarning davomati va faol ishtirokini monitoring qilib boradi hamda tegishlicha Milliy markazga yoki Vazirlikka kundalik maʼlumot taqdim etib boradi.
47. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa aloqador tashkilotlar:
Institut bilan malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshiradi;
tinglovchilarning tasdiqlangan reja-grafik boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻz vaqtida qatnashishini taʼminlaydi;
mustaqil ravishda malaka oshirish shakllari boʻyicha faoliyat olib borayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Institutning elektron portfolio tizimiga kiritilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
48. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Institut xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
49. Tinglovchilar:
belgilangan tartibda oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqishi;
oʻquv mashgʻulotlarida oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi va onlayn oʻquv mashgʻulotlarida veb-kamerasini yoqqan holda qatnashishi;
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy sinov imtihonlarini topshirishi;
oʻz bilimlari, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Institutga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
50. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
oʻz xohishiga binoan;
oʻquv intizomi va Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
uzrli sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 30 akademik soatdan va malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 16 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
vafot etganda.
51. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Institut bu haqida uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga xabar beradi.
Tinglovchi ushbu Nizomning 53-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarga koʻra tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, ushbu tinglovchi uchun toʻlangan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
52. Elektron portfolio tizimiga kiritilgan barcha maʼlumotlarning haqqoniyligiga xodimlar shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Elektron portfolio tizimidagi koʻrsatkichlarning haqqoniy emasligi tasdiqlanganda, tegishli xodimlarning elektron portfolio natijalari bekor qilinadi.
9-bob. Malaka oshirish kurslari yakuni boʻyicha attestatsiya natijalari yuzasidan shikoyat qilish
53. Attestatsiya natijasi boʻyicha olgan ballidan norozi boʻlgan tinglovchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun Institut direktorining buyrugʻi bilan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
54. Apellyatsiya komissiyasi Institutning ilmiy-pedagog kadrlari (Apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, tegishli soha boʻyicha korxonalarning (tashkilotlarning) malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining tajribali professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
55. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda Attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etgan komissiya aʼzolari kiritilmaydi.
56. Attestatsiyada qoʻyilgan ballidan norozi boʻlgan tinglovchilar attestatsiya ballari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
57. Shikoyatlar ularni qabul qilish toʻxtatilgan kundan boshlab uch ish kunida suhbat jarayonida yozib olingan videoyozuv asosida koʻrib chiqiladi.
Murojaat etuvchi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
58. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish toʻgʻrisida;
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
suhbat oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi qarorini bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish toʻgʻrisida.
59. Attestatsiyani qaytadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, murojaat etuvchi navbatdagi malaka oshirish kurslari attestatsiyasiga jalb qilinadi.
60. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi. Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan tinglovchilar belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassis va rahbar hamda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
62. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllari boʻyicha xodimlarning faoliyatini
BAHOLASH MEZONLARI
T/r
Mustaqil malaka oshirish shakllari
Faoliyatni baholash mezonlari
Ball
I. Mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish
100
1.
Ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish
10
Xalqaro miqyosda —
6
Respublika miqyosida —
4
2.
“Ustoz-shogird” tizimi asosida iqtidorli va isteʼdodli yoshlar bilan ishlash
6
Respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar va koʻrgazmalardagi sovrinli oʻrin uchun:
xalqaro miqyosda —
4
respublika miqyosida —
2
3.
Ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish
6
Xalqaro miqyosda —
4
Respublika miqyosida —
2
4.
Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish
6
Har bir ilmiy maqola uchun —
2
5.
Koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish
6
Xalqaro miqyosda —
4
Respublika miqyosida —
2
6.
Ilmiy loyihalarda ishtirok etish
10
Xalqaro loyihalar —
8
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar:
loyiha rahbari sifatida —
8
loyiha ishtirokchisi sifatida —
4
Xoʻjalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlar:
rahbar sifatida —
4
ishtirokchi sifatida —
2
Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar:
yakka muallif sifatida —
4
hammuallif sifatida —
2
7.
Xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish
10
Xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli ilmiy jurnallar yoki “impakt-faktor”ga ega boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan har bir maqola uchun —
5
8.
Ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish
10
Ratsionalizatorlik taklifi —
6
Innovatsion ishlanmalarga mualliflik —
4
9.
Monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashr qilish
10
Yakka mualliflikda —
10
Hammualliflikda —
5
10.
Oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma, tavsiyanoma) tayyorlash va nashr qilish
10
Yakka mualliflikda:
darslik —
10
oʻquv qoʻllanmasi —
7
Hammualliflikda:
darslik —
5
oʻquv qoʻllanmasi —
3
Metodik qoʻllanma yoki tavsiyanoma:
yakka mualliflikda —
2
hammualliflikda —
1
11.
Fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilish
10
Oxirgi 3 yilda himoya qilingan dissertatsiyaga —
10
12.
Oxirgi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda malaka oshirish, stajirovka oʻtash
6
Oxirgi 3 yilda 3 kundan ikki haftagacha boʻlgan muddatda
6
II. Muqobil malaka oshirish shakllari
1.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega boʻlish
2.
Oxirgi 3 yilda doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyasini himoya qilish
3.
Oxirgi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda umumiy davomiyligi 2 haftadan 4 haftagacha yoki 72 soatdan 144 soatgacha boʻlgan malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash
4.
Oxirgi 3 yilda oʻsimliklarning yangi nav va duragaylarini, qishloq xoʻjaligi texnikasi yoki ishlab chiqarish agrotexnologiyasining muallifi boʻlish (patent asosida)
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasida rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish kurslarida oʻqigani toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat
Oʻzbekiston
Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligida bilim va
innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi sohasi
kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida jami
__________ soatga moʻljallangan
_________________________________________________________
Sana _________ _____________ ________
Qayd raqami__________
Malaka oshirish kursini tamomlaganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat TAVSIFI
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida, yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Malaka oshirish kursini tugatganligi haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki harf — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish orqali turli ranglar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasida rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining qayta tayyorlash kurslarida oʻqigani toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat
Oʻzbekiston
Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligida bilim va
innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi sohasi
kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida jami
_________ soatga moʻljallangan
__________________________________________________________
Sana
_______ _____________ ________ Qayd raqami __________
Qayta tayyorlash kursini tamomlaganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat TAVSIFI
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida, yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash kursini tugatganligi haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki harf — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish orqali turli ranglar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi)
OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI
QISHLOQ
XOʻJALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
QISHLOQ
XOʻJALIGI SOHASI KADRLARINING MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH
INSTITUTI
Qishloq
xoʻjaligi sohasida rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari
rahbar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarining malaka oshirish va qayta
tayyorlash kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun
_______________________________soatlik
kurslardan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Institut direktori __________
_______________________________
______________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
20___-yil “_____”-_________________ gacha
amal qiladi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi)
OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI
QISHLOQ
XOʻJALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYALAR MILLIY MARKAZI
QISHLOQ
XOʻJALIGI SOHASI KADRLARINING MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH
INSTITUTI
Qishloq
xoʻjaligi soha va tarmoqlariga aloqador muassasalar, agroklasterlar,
kooreratsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarning oʻz
mutaxassislari va rahbar kadrlarining qisqa muddatli malaka oshirish
kurslarida oʻtgani toʻgʻrisida
_______________________________soatlik
kurslardan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Institut direktori __________
_______________________________
______________________________ (familiyasi,
ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
20___-yil “_____”-_________________ gacha
amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2025-yil 10-dekabrdagi 783-son qaroriga 2-ILOVA
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi.
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), uning respublika tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy veterinar va chorvador mutaxassislarni amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — qayta tayyorlash, malaka oshirish va qisqa muddatli kurslarda taʼlim olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
tinglovchi — qayta tayyorlash, malaka oshirish va qisqa muddatli kurslarda belgilagan tartibda oʻqiyotgan hamda veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar kadrlar, mutaxassislar va ilmiy xodimlar;
veterinariya xizmati mutaxassislari — davlat veterinariya tashkiloti rahbarlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimining veterinariya vrachlari, veterinariya uchastkasi mudirlari, hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining veterinariya vrachlari, idoraviy, ishlab chiqarish va xususiy veterinariya xizmati mutaxassislari va feldsherlari;
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari — ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar kadrlari hamda katta va kichik ilmiy xodim lavozimidagi shaxslar;
malaka talablari — tinglovchilarning umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
malaka oshirish — tegishli oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy bilim va mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
mustaqil malaka oshirish — taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni rahbar va pedagog kadrlar tomonidan mustaqil oʻzlashtirish, oʻzini oʻzi kasbiy rivojlantirish shakli;
muqobil malaka oshirish — mustaqil malaka oshirish shakllaridan foydalanib, rahbar va pedagog kadrlarning alohida (individual) kasbiy mahorat natijalari tasdigʻi amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli;
qayta tayyorlash — soha rahbar va mutaxassis kadrlarida mutaxassisligidan tashqari boshqa yoʻnalishda xalqaro tajribalar, standartlar va talablar asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish kursi;
qisqa muddatli kurslar — veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarning rahbar kadrlari va mutaxassislari uchun tashkil etiladigan oʻquv kursi;
uzluksiz malaka oshirish tizimi — rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirish, muntazam ravishda rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi koʻp bosqichli tizim;
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlari (kurslar)ning nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
chorvador (zootexnik) mutaxassislar — chorvachilik (qoramolchilik, qoʻy-echkichilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, tuyachilik), parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa turdagi qishloq xoʻjalik hayvonlarini oziqlantirish, saqlash, koʻpaytirish va ularni identifikatsiyalash bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar.
3. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha mutaxassisliklar va lavozimlar nomenklaturasi Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
4. Institut veterinariya xizmati mutaxassislari va chorvador (zootexnik) mutaxassis kadrlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha taʼlim jarayonini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini, oʻquv-metodik hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi hamda mexanizmlari va uslublarini belgilaydi.
Veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan veterinariya xizmati mutaxassislari va chorvador (zootexnik) mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar hamda ilmiy xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Institut tomonidan amalga oshiriladi.
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi ushbu Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq belgilanadi.
5. Veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan veterinariya xizmati mutaxassislari va chorvador (zootexnik) mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari (keyingi oʻrinlarda — soha mutaxassislari) malaka oshirish kurslarida ishlab chiqarishdan ajralgan, asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlangan holda oʻqitiladi.
6. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
7. Chorvachilik soha va tarmoqlariga aloqador muassasalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi qisqa muddatli kurslarda Institut bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali oshiriladi.
Qisqa muddatli kurslar Institut tomonidan mustaqil ravishda yoki buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari va oʻquv rejasiga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi.
Bunda oʻquv kurslarining davomiyligi, oʻquv yuklamasining hajmi, oʻqitish shakllari hamda oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan yakuniy sinov imtihoni Institut tomonidan buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Tinglovchilar oʻquv kurslariga buyurtmachining murojaatiga asosan Institut direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
8. Qisqa muddatli kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan chorvachilik soha va tarmoqlariga aloqador muassasalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlariga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunadagi sertifikat beriladi.
Yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga bir marotaba qayta topshirish uchun uch oygacha muddat beriladi.
Qayta topshirish natijasida ham yakuniy sinov imtihonidan oʻta olmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
2-bob. Uzluksiz malaka oshirishning maqsad va vazifalari
9. Soha mutaxassislarini veterinariya hamda chorvachilik sohasidagi xalqaro tajribani va zarur kasbiy bilim va koʻnikmalarini mustaqil yangilash hamda oʻzlashtirish, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ularning kasbiy layoqati va mahoratining doimiy rivojlanishini taʼminlash uzluksiz malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
10. Quyidagilar uzluksiz malaka oshirishning vazifalari hisoblanadi:
kasbiy layoqat va mahoratni yanada oshirish;
soha mutaxassislarining mustaqil fikrlash koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirish, shuningdek, ularning bilimlarini yanada takomillashtirish;
axborot texnologiyalari, Internet jahon axborot tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanishning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish;
veterinariya xizmati mutaxassislariga hayvonlarni davolash va profilaktika qilishning zamonaviy usullarini, shuningdek, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazishda qoʻllanadigan texnologiyalar xususiyatlarini oʻrgatish;
chorvador mutaxassislarga hayvonlarni belgilangan meʼyorlar asosida oziqlantirish va saqlashning innovatsion usullarini hamda seleksiya-naslchilik tadbirlarini samarali tashkil qilishni oʻqitish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining kasbiy malaka va koʻnikmalarini oshirish, sohada dolzarb mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, statistik tahlil qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;
soha mutaxassislariga veterinariya va chorvachilik sohasidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha nazariy bilimlar berish.
3-bob. Uzluksiz malaka oshirish tizimini boshqarish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
11. Qoʻmita:
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga umumiy rahbarlik qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) hamda ilmiy-tadqiqot muassasalaridan olinadigan maʼlumotlar asosida har yili dekabr oyining birinchi oʻn kunligida kelgusi yilda malaka oshirishga yuborilayotgan soha mutaxassislarining roʻyxatini shakllantiradi hamda roʻyxatga muvofiq dekabr oyining uchinchi oʻn kunligida malaka oshirish kurslaridan oʻtishning har yilgi jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
malaka oshirishning toʻliq hamda sifatli oʻtkazilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi;
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
12. Institut:
uzluksiz malaka oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari, oʻquv-uslubiy hujjatlari va yagona taʼlim mexanizmini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil qiladi;
veterinariya va chorvachilik sohasiga oid fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari boʻyicha qayta tayyorlash va uzluksiz malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratadi;
taʼlimning ishlab chiqarish bilan samarali oʻzaro hamkorligini, veterinariya va chorvachilik sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga koʻchma mashgʻulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar tashkil etilishini taʼminlaydi;
ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot tuzilmalarining moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratadi;
soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning innovatsion ilmiy yutuqlarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
mintaqalar uchun xos boʻlgan hayvonlar kasalliklarini hisobga olgan holda malaka oshirish kurslarining oʻquv rejasi va dasturlarini shakllantiradi hamda oʻquv kurslarini tashkil qiladi;
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi;
veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani umumlashtirgan holda davolash va tashxis qoʻyishning zamonaviy, samarali usullari hamda yangi texnologiyalarning oʻquv jarayoniga joriy qilinishini taʼminlaydi;
Qoʻmitaning malakali mutaxassislari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining professor-oʻqituvchilari tarkibi, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, veterinariya xizmati mutaxassislari, koʻp yillik tajribaga ega chorvador (zootexnik) hamda amaliyotchi mutaxassislarning malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlarni oʻtkazishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb etilishini taʼminlaydi;
malaka oshirish boʻyicha xorijiy tajribani va ilgʻor taʼlim muassasalari yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb qiladi;
tuzilgan shartnomalar asosida nomzodlarni tinglovchilikka qabul qiladi, bunda qoida tariqasida, guruhlar 20 — 24 nafar tinglovchidan iborat tarkibda shakllantiriladi;
malaka oshirish kurslarining zarur darajada tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Institut, zaruratga koʻra, oʻquv kurslarining davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritishi, shuningdek, yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
13. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti:
malaka oshirish kursi tinglovchilariga universitet Axborot-resurs markazidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratadi;
malaka oshirish jarayoni uchun zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishini va ularning malaka oshirish jarayoniga joriy etilishini tashkil qiladi;
soha mutaxassislariga malaka oshirish davrida universitetning yotoqxonalaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratadi;
tinglovchilarga universitetning oʻquv auditoriyalaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
14. Qoʻmita tizimiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik va boshqa tarmoq xoʻjaliklari:
malaka oshirish amaliyotini oʻtashga koʻmaklashadilar;
ilmiy bilimlar va veterinariya amaliyotining integratsiyasini taʼminlaydilar.
15. Qoʻmita, hududiy boshqarmalar, tizimida veterinariya xizmati mavjud boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat veterinariya tashkilotlari, xususiy chorvachilik komplekslari (klasterlar) va jismoniy shaxslar veterinariya xizmati mutaxassislari va chorvador (zootexnik)larni oʻqitishning buyurtmachisi hisoblanadi.
4-bob. Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar
16. Taʼlim jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
17. Malaka oshirish tizimida mutaxassisliklar yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yetakchi mutaxassislari va professor-oʻqituvchilari tarkibi tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari, laboratoriyalar va chorvachilik xoʻjaliklarining mutaxassislarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda ular taʼlim jarayonini uslubiy taʼminlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
18. Oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishda soatlarning modullar boʻyicha 10 foizgacha oʻzgartirilishiga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
19. Oʻquv dasturi mazmuniga qoʻyiladigan talablar veterinariya va chorvachilik sohasi rahbar hamda mutaxassis kadrlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining rahbar hamda ilmiy xodimlari mutaxassislik yoʻnalishlariga muvofiq ravishda ularning zarur bilim va koʻnikmalarini egallashini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oʻquv reja va dasturlarida veterinariya fani, texnikasi, texnologiyalari, chorvachilik sohasidagi yutuqlar aks ettirilishi, shuningdek, ular veterinariya va chorvachilik taʼlimi tizimida yagona uzviylik va izchillikni taʼminlash talablariga javob berishi zarur.
20. Malaka oshirish kursining amaliy, laboratoriya va sayyor dars mashgʻulotlari oʻquv reja va dasturlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, veterinariya tizimiga kiruvchi tizim tashkilotlari va yetakchi chorvachilik xoʻjaliklarida oʻtkaziladi, unda davolash va tashxis qoʻyish usullarini aniqlash, chorvachilikda seleksiya-naslchilik tadbirlari boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish hamda veterinariya xizmati rahbar va mutaxassislarini veterinariya sohasidagi fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari bilan tanishtirish nazarda tutilishi lozim.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Institut direktorining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
21. Institutning professor-oʻqituvchilari tarkibiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan talablar asosida tinglovchilar bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish, nazorat va tinglovchilar bilimlarini xolisona baholash koʻnikmalarining mavjudligi;
oʻziga xos yuksak sifatlarning (talabchanlik, xolislik, tartiblilik, haqqoniylik, xushmuomalalik) mavjudligi;
taʼlim berishda (oʻqitishda) kasbiy mahorat va oʻz sohasi boʻyicha chuqur bilimga ega ekanligi;
taʼlim jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlash, tinglovchilarning tashabbuskorligi, ijodiy mahorati va qobiliyatlarini rivojlantirish koʻnikmalarining mavjudligi.
5-bob. Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari va bosqichlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
22. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining mustaqil malaka oshirishi;
muqobil malaka oshirish;
taʼlim dasturlari asosida veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarini Institutda bevosita oʻqitish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
23. Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining mustaqil malaka oshirishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish;
ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish;
monografiya, mualliflik ijodiy ishlari katalogini tayyorlash va nashr qilish;
oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma)ni tayyorlash va nashr qilish;
fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga ega boʻlgan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash;
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash.
Ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish — fan va amaliyot, oʻqitish metodikasi hamda texnologiyasining dolzarb muammolarini hal etishga va oʻquv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan dolzarb mavzular, innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar, davra suhbatlari, seminarlarda ilmiy yoki ilmiy-metodik maʼruzalar (axborotlar) bilan ishtirok etish.
Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish — mustaqil ravishda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan (mutaxassisligi doirasida) muhim mavzular boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot (empirik) natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik gʻoyalari va ishlanmalarini dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan, elektron ilmiy-texnik jurnallarda eʼlon qilish.
Koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish — mashgʻulot olib borayotgan fanlari boʻyicha ijodiy ish natijalarini respublika hamda xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar va koʻrgazmalarda ishtirok etish orqali ommalashtirish, sovrindor boʻlish.
Ilmiy loyihalarda ishtirok etish — xalqaro loyihalar va dasturlar, shuningdek, fan hamda texnologik taraqqiyotning bugungi darajasi bilan kadrlar tayyorlash, taʼlim mazmuni va sifatini oshirish borasidagi uzviylikni rivojlantirish maqsadida fundamental, innovatsion va amaliy loyihalarga, xoʻjalik shartnomalari asosida bajariladigan ishlarga, shuningdek, xalqaro miqyosdagi loyihalarga rahbarlik qilish yoki ishtirokchi sifatida faoliyat yuritish.
Xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish — mustaqil ravishda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan muhim mavzular boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari, tahlillari, ratsionalizatorlik va innovatsion gʻoyalarini xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli yoki impakt-faktorli ilmiy jurnallarda eʼlon qilish.
Ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish — sohaning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan tadqiqot natijalari asosida mahsulot va ishlanmalarni yaratish.
Monografiya, mualliflik ijodiy ishlari katalogini tayyorlash va nashr qilish — aynan ilmiy-tadqiqot mavzusi natijalari yoki mualliflik ijodiy ishlari asosida tayyorlangan asar (katalog)ni nashr etish.
Oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma)ni tayyorlash va nashr qilish — davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablar asosida tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tajribalar asosida yangi avlod oʻquv (elektron) adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma)ni yaratish va belgilangan tartibda taʼlim amaliyotiga joriy etish.
Fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga ega boʻlgan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash — ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdagi faolligi, ilmiy rahbarligida fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlangan va himoya qilingan dissertatsiya ishlari.
Xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash — ishdan ajralgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda xorijiy mamlakatlarda kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-metodik darajada amalga oshirish, axborot texnologiyalari va oʻqitishning interaktiv metodlari boʻyicha kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oshirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
24. Muqobil malaka oshirish shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega boʻlish;
soʻnggi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda umumiy davomiyligi 36 soatdan kam boʻlmagan muddatda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash;
soʻnggi 3 yilda falsafa doktori (PhD) yoki mutaxassislik boʻyicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilish.
25. Mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malaka oshirish shakllari boʻyicha soʻnggi uch yildagi maʼlumotlari elektron portfolio tizimiga shaxsan rahbar va ilmiy xodimning oʻzi tomonidan kiritiladi va koʻrsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.
Mustaqil malaka oshirish shakllari boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining faoliyati ushbu Nizomga 4-ilovadagi Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining mustaqil malaka oshirish shakllarini baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
26. Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari mustaqil malaka oshirish shakllariga ajratilgan 100 balli tizimda:
kamida 55 ballni toʻplagan xodimlar toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn test sinovlarini topshirishga tavsiya etiladi. Bunda onlayn test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtmagan rahbar va ilmiy xodimlar Institutda taʼlim dasturlari asosida bevosita oʻqishga tavsiya etiladi;
86 — 100 ballni toʻplagan xodimlarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka attestati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.
27. Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan Qoʻmita, uning respublika tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka attestati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.
6-bob. Malaka oshirish muddatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
28. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi quyidagicha belgilanadi:
rahbar xodimlar uchun — 1 haftadan 2 haftagacha (36 — 72 soatgacha);
mutaxassis xodimlar uchun — kamida 4 hafta (144 soatgacha);
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari uchun — 1 haftadan 2 haftagacha (36 — 72 soatgacha).
29. Rahbar xodimlar uchun oʻquv kurslari veterinariya sohasini boshqarishning zamonaviy usullarini oʻrgatish maqsadida tashkil etiladi.
30. Malaka oshirish kurslariga veterinariya xizmati tizimi va chorvachilik sohasida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega, bakalavr, magistr darajasiga yoki oʻrta (professional) maʼlumotga ega boʻlgan veterinariya xizmati va chorvador (zootexnik) mutaxassislar yuboriladi.
31. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish tizimida haftalik oʻqish yuklamasi koʻpi bilan 36 soatni tashkil qiladi.
7-bob. Veterinariya xizmati va chorvador (zootexnik) mutaxassislarga malaka toifalarini berish
32. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlarni malaka oshirish oʻquv kurslari yakuni boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish ularni oʻz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishga yoʻnaltirish va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
33. Malaka oshirish kurslarida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan veterinariya xizmati va chorvachilik sohasidagi mutaxassislarga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat hamda ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
34. Veterinariya xizmati va chorvachilik sohasidagi mutaxassislarga malaka toifasi 3 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat ichida veterinariya xizmati va chorvador (zootexnik) mutaxassislar navbatdagi malaka toifasini olishlari uchun ixtiyoriy ravishda malaka oshirishi yoki malaka toifasini himoya qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
35. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati va chorvachilik sohasidagi mutaxassislar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) veterinariya xizmati mutaxassislari — davolash, profilaktika ishlari va tashxis qoʻyish usullarini erkin qoʻllashdagi bilimlari, maxsus anjomlardan foydalanish koʻnikmalari darajasi;
b) chorvachilik (zootexnik) sohasi mutaxassislari — hayvonlarning kelib chiqishi, zoti, zotdorligi, ularni ratsion asosida oziqlantirish va zoogigiyenik meʼyor boʻyicha saqlash koʻnikmalariga ega ekanligi.
36. Birinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati va chorvachilik sohasi mutaxassislari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) veterinariya xizmati rahbariyati tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilik sohasidagi mutaxassislik uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar darajasi, oʻz faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mahorati, shuningdek, ilmiy va nazariy bilimlari darajasi toʻgʻrisida berilgan ijobiy tavsifnomaning mavjudligi;
b) ikkinchi malaka toifasiga egaligi toʻgʻrisidagi sertifikatning mavjudligi hamda veterinariya xizmati va chorvachilik sohasida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
37. Oliy malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati va chorvachilik sohasi mutaxassislari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) soha mutaxassisining veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilmiy yutuqlarni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish koʻnikmalari, shuningdek, paydo boʻladigan kasbiy tarmoq masalalarini hal etishga ijodiy yondashish qobiliyati toʻgʻrisida berilgan ijobiy tavsifnomaning mavjudligi;
b) birinchi malaka toifasiga egaligi toʻgʻrisidagi sertifikatning mavjudligi va veterinariya xizmati hamda chorvachilik mutaxassisligida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi;
v) veterinariya va chorvachilik sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi.
38. Ilmiy darajaga ega boʻlgan veterinariya va chorvachilik sohasidagi mutaxassislarga oliy malaka toifasi beriladi. Bunda ularga ushbu Nizomning 37-bandi “b” kichik bandi talabi tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
39. Tegishli malaka toifalariga ega boʻlgan veterinariya xizmati, chorvachilik sohasidagi mutaxassislar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining oylik ish haqlariga sertifikatning amal qilish muddatiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan budjet mablagʻlari hisobidan quyidagicha ustamalar belgilanadi:
ikkinchi toifa uchun — 8,8 foiz;
birinchi toifa uchun — 12,3 foiz;
oliy toifa uchun — 21,1 foiz.
8-bob. Malaka oshirish sifatini nazorat qilish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
40. Malaka oshirish sifatini baholash va nazorat qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ichki nazorat:
bazaviy bilimlarni baholash;
yangi bilimlar, koʻnikmalar va kasbiy mahoratni joriy nazorat qilish;
mutaxassislik boʻyicha attestatsiya natijalari yuzasidan yakuniy nazorat;
b) Qoʻmita, shuningdek, veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan tashqi nazorat.
41. Yakuniy nazoratni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Attestatsiya komissiyasi) tarkibi Qoʻmita bilan kelishilgan holda kamida yetti nafar aʼzodan, shu jumladan, Attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda Institut direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibi har yili kamida 20 foizi yangilangan holda qayta tasdiqlanadi.
42. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malaka toifasini olish uchun attestatsiya suhbat shaklida xolislik va oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazilib, attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifalari beriladi.
43. Suhbat savollarining aniq roʻyxati Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
44. Attestatsiya komissiyasi:
attestatsiyadan oʻtkaziladigan talabgor haqida qisqacha axborotni tinglaydi;
attestatsiyadan oʻtadigan talabgorga sohaga oid 5 ta savol beradi, uning javoblari natijalari boʻyicha ochiq ovoz beradi;
attestatsiya natijasi boʻyicha talabgorni baholaydi;
attestatsiyadan oʻtgan talabgor faoliyatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;
attestatsiya savollarini tuzadi va ularni yangilab boradi.
Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi uning ishida attestatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Suhbat jarayoni videoyozuvga olinadi hamda berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.
Suhbat savollari yoʻnalishlari va ularning natijalari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan baholash mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.
45. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari malakaviy ish tayyorlaydi hamda suhbat jarayoniga qadar test sinovlarini topshiradi.
Malakaviy ish mavzulari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.
46. Test sinovlari bazasi Institut tomonidan ishlab chiqiladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat boʻladi hamda ishlash uchun bir soat vaqt beriladi, har bitta toʻgʻri javob 1 balldan baholanadi.
47. Malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiya natijalari Attestatsiya komissiyasi majlisida eʼlon qilinadi va Attestatsiya komissiyasining bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.
48. Tinglovchilar attestatsiyaga uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, veterinariya xizmati rahbarlarining asosli maʼlumotnomasi va boshqa sabablar) koʻra kelmagan taqdirda, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Tinglovchilar uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan taqdirda, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ularga nisbatan “attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi tushirilsin” qarori qabul qilinadi.
Attestatsiyadan oʻtmagan tinglovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoʻmitaga taqdim etib boriladi.
9-bob. Malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisida hujjat
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
49. Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga Attestatsiya komissiyasining xulosasi asosida Institut tomonidan sertifikat beriladi.
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlarga malaka oshirish kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — Sertifikat) ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan namunada 3 yil muddatga beriladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlariga malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq namunada 3 yil muddatga beriladi.
Attestatsiyadan oʻta olmagan tinglovchilarga malaka oshirish kursida ishtirok etgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan tinglovchilar xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkalarga yuborilishi mumkin.
50. Sertifikat qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi va raqamiga ega boʻladi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda beriladi.
51. Malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻta olmagan tinglovchilar bir yil mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kursidan qaytadan oʻtadi.
Malaka oshirish kurslarida takroran qatnashib, oʻquv kursi yakuni boʻyicha attestatsiyadan oʻta olmagan veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning malaka toifasi pasaytiriladi yoki ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa belgilangan tartibda asosiy ish joyida muhokama qilinadi.
52. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan tinglovchilar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda shikoyat berishlari mumkin.
53. Elektron shaklda sertifikat berish tizimi joriy etilgunga qadar olingan sertifikat yoʻqotib qoʻyilgan yoki foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda, uning egasiga Institutga taqdim etilgan arizaga asosan uch ish kuni ichida elektron shaklda toʻlov undirilmagan holda oldingi qayd raqami koʻrsatilgan qayta (dublikat) sertifikat beriladi.
10-bob. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish
54. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun Institut direktori buyrugʻi bilan suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan kechiktirmasdan uch kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
55. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Institutning rahbar xodimi, kasaba uyushmasi vakili va malaka toifasiga ega boʻlgan bir nafar veterinariya mutaxassisidan iborat boʻladi.
56. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Attestatsiya komissiyasi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
57. Shikoyatlar ularni qabul qilish toʻxtatilgan kundan boshlab uch ish kunida suhbat jarayonida yozib olingan videoyozuv asosida koʻrib chiqiladi.
Murojaat etuvchi apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
58. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish toʻgʻrisida;
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
suhbat oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi qarorini bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish toʻgʻrisida.
59. Attestatsiyani qaytadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, murojaat etuvchi navbatdagi malaka oshirish kurslari attestatsiyasiga jalb qilinadi.
60. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi. Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan tinglovchilar belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
11-bob. Tinglovchilarning huquqlari va majburiyatlari
61. Tinglovchilar oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
62. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Institut xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
63. Tinglovchilar:
belgilangan tartibda oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqishi;
oʻquv mashgʻulotlarida oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi;
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy sinov imtihonlarini topshirishi;
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Institutga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
64. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
oʻz xohishiga binoan;
oʻquv intizomi va Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
uzrli sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 30 akademik soatdan va malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini 16 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganda;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
vafot etganda.
65. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Institut bu haqida uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga xabar beradi.
Tinglovchi ushbu Nizomning 64-band uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarga koʻra tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, ushbu tinglovchi uchun toʻlangan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
66. Elektron portfolioga kiritilgan barcha maʼlumotlarning haqqoniyligiga xodimlar shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Elektron portfoliodagi koʻrsatkichlarning haqqoniy emasligi tasdiqlanganda tegishli xodimlarning elektron portfolio natijalari bekor qilinadi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
67. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
68. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish tizimining
TASHKILIY TUZILMASI
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
↓
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
↓
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda uning respublika tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari mutaxassislarining malakasini oshirish
Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish
Veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida faoliyat yuritayotgan xususiy veterinariya va chorvador (zootexnik) mutaxassislarning malakasini oshirish
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Veterinariya xizmati va chorvador mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari,
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Veterinariya xizmatining malaka oshirishga yuboriladigan mutaxassislari roʻyxatini shakllantirish, malaka oshirish kurslaridan oʻtishning har yilgi jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Har yili 30-dekabrgacha
2-bosqich
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
1. Mashgʻulotlarni Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida oʻtkazish.
2. Ilmiy-tadqiqot institutlari, veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlar va yetakchi chorvachilik xoʻjaliklarida malaka amaliyoti oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan malaka oshirish kurslaridan oʻtishning har yilgi jadvali boʻyicha
3-bosqich
Attestatsiya komissiyasi
1. Attestatsiya natijalarini eʼlon qiladi.
2. Ijobiy baho olgan veterinariya xizmati va chorvador (zootexnik) mutaxassislarga attestatsiya natijalari boʻyicha va Attestatsiya komissiyasining qaroriga binoan sertifikat beradi.
Attestatsiyadan oʻtmagan veterinariya xizmati va chorvador mutaxassislarga sertifikat berilmaydi.
Kurs tugagandan soʻng
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
gerbi tasviri)
VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH
QOʻMITASI
Chorvachilik soha va tarmoqlariga
aloqador muassasalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari va
boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining qisqa muddatli
kurslardan oʻtganligi toʻgʻrisida
(qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining
nomi)
_____________________________________________soatlik
kurslardan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Institut direktori
(QR-kod)
___________________________
(familiyasi,
ismi, otasining ismi)
20___-yil
“_____”-_________________ gacha amal qiladi.
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Mustaqil malaka oshirish shakllari boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarning faoliyatini
BAHOLASH MEZONLARI
T/r
Mustaqil malaka oshirish shakllari
Faoliyatni baholash mezonlari
Ball
100
1.
Ilmiy konferensiyalarda maʼruza bilan qatnashish.
12
Xalqaro miqyosda —
6
Respublika miqyosida —
4
2.
Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish.
10
Har bir ilmiy maqola uchun —
5
3.
Koʻrgazma va tanlovlarda ishtirok etish.
8
Xalqaro miqyosda —
8
Respublika miqyosida —
4
4.
Ilmiy loyihalarda ishtirok etish.
10
Xalqaro loyihalar —
8
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar:
loyiha rahbari sifatida —
8
loyiha ishtirokchisi sifatida —
4
Xoʻjalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlar:
rahbar sifatida —
4
ishtirokchi sifatida —
2
Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar:
yakka muallif sifatida —
4
hammuallif sifatida —
2
5.
Xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar eʼlon qilish.
10
Xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli ilmiy jurnallar yoki “impakt-faktor”ga ega boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan har bir maqola uchun —
5
6.
Ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish.
10
Ixtiro (patent) —
10
Ratsionalizatorlik taklifi —
6
Innovatsion ishlanmalarga mualliflik —
4
7.
Monografiya, mualliflik ijodiy ishlari katalogini tayyorlash va nashr qilish.
10
Yakka mualliflikda —
10
Hammualliflikda —
5
8.
Oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma) tayyorlash va nashr qilish.
10
Yakka mualliflikda:
darslik —
10
oʻquv qoʻllanmasi —
7
Hammualliflikda:
darslik —
7
oʻquv qoʻllanmasi —
5
Metodik qoʻllanma:
yakka mualliflikda —
3
hammualliflikda —
1
9.
Fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilish.
10
Oxirgi 3 yilda himoya qilingan dissertatsiyaga —
10
10.
Oxirgi 3 yilda xorijiy mamlakatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda malaka oshirish, stajirovka oʻtash
10
Oxirgi 3 yilda ikki haftadan — toʻrt haftagacha —
10
Oxirgi 3 yilda ikki haftagacha —
5
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarini suhbat savollarining yoʻnalishlari va baholash mezonlari
I. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi rahbar va mutaxassis kadrlar
T/r
Savollar yoʻnalishlari
Ball
1.
Mamlakatda veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyati
20 ball
2.
Veterinariya va chorvachilik sohasida qoʻllanadigan maxsus asbob-uskuna va anjomlardan foydalanish koʻnikmalari
20 ball
3.
Qishloq xoʻjaligi hayvonlarining oʻta xavfli yuqumli kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarining mavjudligi
20 ball
4.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi. Jumladan, veterinariya sohasidagi axborot tizimlaridan foydalanish koʻnikmasi
20 ball
5.
Butun jahon hayvonlar sogʻligini himoya qilish tashkilotining asosiy faoliyat turlari va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan mazkur tashkilotning hamkorlik aloqalari boʻyicha bilimlari
20 ball
Jami
100
II. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari
T/r
Savollar yoʻnalishlari
Ball
1.
Mamlakatda veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati.
5
2.
Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy olimlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatganligi. Jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda chop etilgan ilmiy maqolalarining mavjudligi.
5
3.
Davlat ilmiy dasturlari yoki xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtiroki toʻgʻrisida.
5
4.
Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasi doirasida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorlik koʻrsatkichlari xususida.
5
5.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish va davlat ilmiy dasturlari doirasida tanlovlarda ishtirok etish yuzasidan bilbm va koʻnikmalarining mavjudligi.
5
Test sinovi (50 ball)
6.
Test sinovi
50
Malakaviy ish himoyasi
7.
Malakaviy ish himoyasi
25
JAMI
100
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
NAMUNA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
gerbi tasviri)
VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI
RIVOJLANTIRISH QOʻMITASI
Veterinariya xizmati va chorvador
mutaxassislarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi
toʻgʻrisida
qaroriga binoan unga
_______________________________________ malaka toifasi berildi.
(oliy, birinchi, ikkinchi)
Institut direktori
(QR-kod)
____________________________
(familiyasi,
ismi, otasining ismi)
20___-yil
“_____”-_________________ gacha amal qiladi.
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
NAMUNA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
gerbi tasviri)
VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI
RIVOJLANTIRISH QOʻMITASI
Ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va
ilmiy xodimlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan
oʻtganligi toʻgʻrisida
(malaka oshirish va qayta
tayyorlash kurslarining nomi)
_____________________________________________soatlik
kurslardan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Institut direktori
(QR-kod)
____________________________
(familiyasi,
ismi, otasining ismi)
20___-yil “_____”-_________________ gacha amal
qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2025-yil 10-dekabrdagi 783-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligi sohasidagi rahbar va mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining hamda qishloq xoʻjaligi soha va tarmoqlarida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklarining rahbar va mutaxassislarining (keyingi oʻrinlarda — soha mutaxassislari) malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — malaka oshirish va qayta tayyorlash) davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlashga talabgor boʻlgan soha mutaxassislari (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
4. Talabgorlar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
5. Talabgorlar belgilangan shakldagi ariza toʻldirilgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
6. Davlat xizmatlari markazlari qabul qilingan arizalarni koʻrib chiqish uchun Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) darhol yuboradi.
7. Institut ariza belgilangan talablarga mosligini uch kun ichida koʻrib chiqadi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlashga qabul qilish uchun shartnoma tuzish yoki rad etish toʻgʻrisida talabgorga SMS-xabar yuboradi.
8. Talabgorlar malaka oshirish va qayta tayyorlashga qabul qilish uchun shartnoma tuzish haqida SMS-xabar olgandan soʻng uch kun ichida elektron yoki yozma (qogʻoz) shaklda Institut bilan shartnoma imzolaydi.
Shartnomada malaka oshirish va qayta tayyorlash vaqti, muddati hamda toʻlov miqdori aniq koʻrsatiladi.
Shartnoma imzolangan kundan soʻng besh kun ichida belgilangan toʻlov talabgorlar tomonidan toʻlanishi lozim. Talabgorlar tomonidan ushbu muddatda toʻlov toʻlanmagan taqdirda, ular malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
9. Institut toʻlovni toʻlagan talabgorlar sonidan kelib chiqib, oʻquv kurslari kontingentini shakllantiradi va oʻquv kurslari boshlanadigan muddatdan kamida uch kun oldin talabgorlarga SMS-xabar yuboradi.
10. Bir vaqtning oʻzida shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni toʻlagan talabgorlar soni belgilangan kontingentdan ortgan taqdirda, talabgorlar ketma-ketlik asosida malaka oshirish va qayta tayyorlashga qabul qilinadi.
11. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organ (Institut)ning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligining rivojlantirish jamgʻarmasi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining rivojlantirish jamgʻarmasi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organ (Institut)ning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
12. Talabgorlar arizasida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni toʻlamaganlik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
13. Talabgorlar davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborilgan arizadan voz kechish huquqiga ega.
14. Talabgorlar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborilgan arizadan voz kechganda, ularning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ (Institut) oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organining faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
17. Ariza beruvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
18. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari
Arizalarni koʻrib chiqish uchun Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) yuboradi.
Darhol
3-bosqich
Institut
Arizada toʻldirilgan maʼlumotlarning belgilangan talablarga mosligini koʻrib chiqadi va malaka oshirishga qabul qilish yoki rad etish asoslarini koʻrsatgan holda talabgorga SMS — xabar yuboradi.
3 kun ichida
4-bosqich
Talabgor,
Institut
Taraflar oʻrtasida elektron yoki yozma (qogʻoz) shaklda shartnoma imzolaydi.
3 kun ichida
5-bosqich
Talabgor
Shartnoma imzolangandan soʻng shartnomada belgilangan toʻlovni toʻlaydi.
5 kun ichida
6-bosqich
Institut
Toʻlovni toʻlagan talabgorlar sonidan kelib chiqib, oʻquv kurslari kontingentini shakllantiradi va oʻquv kurslari boshlanadigan muddat toʻgʻrisida talabgorlarni xabardor qiladi.
Oʻquv kurslari boshlanishidan 3 kun oldin
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
NAMUNA
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
ARIZA
I. Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot
1.1.
F.I.O.:
1.2.
Telefon raqami:
1.3.
Elektron pochta manzili:
1.4.
Faoliyatni amalga oshirish manzili:
II. Yuridik shaxs boʻyicha maʼlumot
2.1.
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2.2.
Tashkiliy-huquqiy shakli:
2.3.
Joylashuvi: (pochta manzili)
2.4.
STIR:
2.5.
Bank rekvizitlari:
(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
2.6.
Telefon raqami:
2.7.
Elektron pochta manzili:
2.8.
Faoliyatni amalga oshirish manzili:
2.9.
Vakolatli organ:
Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
2.10.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlari:
□ agronomiya;
□ oʻsimliklarni himoya qilish;
□ seleksiya va urugʻchilik;
□ paxtachilik;
□ donchilik (gʻallachilik, sholichilik);
□ mevachilik;
□ sabzavotchilik;
□ oʻrmonchilik;
□ manzarali bogʻdorchilik;
□ dorivor oʻsimliklarni yetishtirish;
□ baliqchilik;
□ issiqxona xoʻjaligini yuritish;
□ yem-xashak yetishtirish;
□ rahbar xodimlar;
□ ilmiy xodimlar;
□ boshqa yoʻnalishlar (talabgor tomonidan yoziladi)
Talabgorning elektron raqamli imzosi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 783-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Veterinariya xizmati mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan veterinariya xizmati turlari kengayishi hamda pulli xizmat koʻrsatish hajmining ortishini ragʻbatlantirish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan zarur boʻlgan mutaxassis va xodimlarni jalb qilish uchun Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan shtatlarni joriy qilish;”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari Izoh qismining toʻqqizinchi xatboshisi“Kadastr” soʻzidan keyin “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi 33-son qarorida:
a) muqaddimasi, 1-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 5-banddagi “veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari” soʻzlari “veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Veterinariya xizmati mutaxassislarining” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislarining” soʻzlari “veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Malaka oshirish markazi)” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 9-bandlardagi “Malaka oshirish markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari
Arizalarni koʻrib chiqish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) yuboradi.
Darhol
3-bosqich
Institut
Arizada toʻldirilgan maʼlumotlar belgilangan talablarga mosligini koʻrib chiqadi va malaka oshirishga qabul qilish yoki rad etish asoslarini koʻrsatgan holda talabgorga SMS — xabar yuboradi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Talabgor,
Institut
Taraflar oʻrtasida shartnoma imzolaydi.
3 kun muddatda
5-bosqich
Talabgor
Shartnoma imzolangandan soʻng shartnomada belgilangan toʻlovni toʻlaydi.
5 kun muddatda
6-bosqich
Institut
Toʻlovni toʻlagan talabgorlar sonidan kelib chiqib, oʻquv kurslari kontingentini shakllantiradi va oʻqish boshlanadigan muddat toʻgʻrisida talabgorlarni xabardor qiladi.
“Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Veterinariya va chorvachilik sohasida rahbar va mutaxassis kadrlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ARIZA
I. Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot
1.1.
F.I.O.:
1.2.
Telefon raqami:
1.3.
Elektron pochta manzili:
1.4.
Faoliyatni amalga oshirish manzili:
II. Yuridik shaxs boʻyicha maʼlumot
2.1.
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2.2.
Tashkiliy-huquqiy shakli:
2.3.
Joylashuvi: (pochta manzili)
2.4.
STIR:
2.5.
Bank rekvizitlari:(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
2.6.
Telefon raqami:
2.7.
Elektron pochta manzili:
2.8.
Faoliyatni amalga oshirish manzili:
2.9.
Vakolatli organ:
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
2.10.
Malaka oshirish yoʻnalishi:
□ veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriya xodimlari
□ veterinariya mutaxassislari
□ veterinariya farmatsevtikasi mutaxassislari
□ rahbar xodimlar
□ chorvador (zootexnik) mutaxassislar
□ ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari
□ sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar (texnik osseminatorlar)
Talabgorning elektron raqamli imzosi
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/783/1154-son)