1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son Farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-401-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son Farmoni bilan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilgani va Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tuzilmasiga oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishida kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
3. Belgilansinki:
Institut oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash ishlari hamda gender tenglikni taʼminlash boʻyicha ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy faoliyatni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Institut direktori oʻrinbosarlari Institut direktorining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Institut “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
4. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari (xodimlar mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun);
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Institutga Toshkent shahri Chilonzor tumani Chilonzor koʻchasi 25-uy manzilidagi bino operativ boshqarish huquqi asosida berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Institutni saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Qoʻmitaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar doirasida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda Institutda bajariladigan ilmiy loyihalar uchun xarajatlar Qoʻmita tomonidan Institutning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Institutga 3 ta, jumladan, 2 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
774-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash
Ilmiy kotib
1
Direktor
Gender strategiya va baholash boʻlimi
3
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Direktorning tashkiliy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Oila psixologiyasi va sotsiologiyasi boʻlimi
2
Tizim xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish va monitoring qilish boʻlimi
4
Bosh yuriskonsult
1
Oila demografiyasi va xotin-qizlarning iqtisodiy holati tahlili boʻlimi
3
Buxgalteriya
1
Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Gender tengligi, xotin-qizlar va oila huquqi boʻlimi
3
Matbuot kotibi
1
“Oila, gender va ijtimoiy hayot” elektron ilmiy jurnali tahririyati*
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻlimi
3
Devonxona
1
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻlimi
Izoh. Institut xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 34 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan normativlar asosida belgilanadi.
* Laboratoriyalar va jurnal tahririyatini saqlash Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash ishlari va gender tenglikni taʼminlash boʻyicha ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy faoliyatni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)ning qarorlari va buyruqlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Institut oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
5. Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, qisqartirilgan nomi — Oila va gender instituti;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut semi i gendera pri Komitete semi i jenshin Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Institut semi i gendera;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Scientific Research Institute Family and gender under the Committee on Family and Women of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Institute Family and gender.
6. Institutning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani Chilonzor koʻchasi 25-uy, 100115.
2-bob. Institutning tuzilmasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
7. Institut tizimiga quyidagilar kiradi:
Institut apparati;
“Oila, gender va ijtimoiy hayot” elektron ilmiy jurnali;
Oila demografiyasi laboratoriyasi;
Gender tadqiqotlar laboratoriyasi.
3-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmita tizimi xodimlari, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish, natijalari boʻyicha muammolar yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish va kiritish;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan targʻibot ishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik soʻrov, ilmiy konferensiyalar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
olimlar va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash, oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida ilmiy tadqiqot oʻtkazayotgan izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ishlanmalari amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashish;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga kiritib borish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
9. Institut oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Qoʻmita tizimi xodimlari, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun ularning vazifa va funksiyalaridan kelib chiqqan holda, malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
malaka oshirish kurslari oʻquv rejasi, oʻquv-metodik dasturlar va materiallarni tayyorlaydi, muntazam yangilab boradi, ilmiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi va oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi hamda malaka oshirish tizimiga oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlarini, ilgʻor pedagogik texnologiyalarini joriy etadi;
oʻquv dasturi asosida oʻqitilgan tinglovchilarni baholaydi va malaka sertifikatini taqdim etadi;
malaka oshirish kurslarida taʼlim olish va oʻqitish jarayoni monitoringini yuritadi hamda natijalarini Qoʻmitaga taqdim etadi;
Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
joylarda xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlaydi hamda bartaraf etadi, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni olib boradi;
Qoʻmita quyi tuzilmalarining faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻrganishlar olib boradi hamda ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda (tuman (shahar) va mahallalarda) qoʻllash amaliyotini joriy etishga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar bilan samarali ishlash sohasida kadrlar malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
b) oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish, natijalari boʻyicha muammolar yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish va kiritish sohasida:
doimiy ravishda hududlar kesimida oila, xotin-qizlar hamda gender tenglik masalalariga oid muammolarni har taraflama chuqur tahlil qiladi va “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyili asosida muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi, ularning amaliyotga tatbiq etilishida koʻmaklashadi;
oilaning jamiyatdagi oʻrnini oshirishga qaratilgan hamda gender tenglik, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishga, oila institutining barqarorligini taʼminlashga oid tahliliy materiallar tayyorlaydi hamda ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;
oilalardagi ijtimoiy muammolarning gender jihatlari, oilaviy nizolarning oldini olish, sogʻlom muhitni saqlab qolish, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;
oila institutida kutilayotgan oʻzgarishlar tahlili va prognozlarini ishlab chiqadi, ijtimoiy-demografik rivojlanish va oila farovonligining oʻsish darajasini oʻrganadi, tahlil qiladi hamda konseptual yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar va materiallar tayyorlaydi;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish natijasida tayyorlangan maʼlumot hamda takliflarni davlat organlari va tashkilotlarga kiritadi;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganadi va tahlil qiladi hamda oʻrganishlar asosida takliflar ishlab chiqadi, amaliyotga joriy qilish boʻyicha xulosalarni Qoʻmitaga taqdim etadi;
xorijiy hamda xalqaro tashkilotlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda grantlar oladi, taqdim etilgan grantlar hisobidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil etadi;
oila, xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash masalalari yuzasidan xulosalar, axborot-tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash uchun zarur boʻlganda, respublika va xorijiy davlatlarning olimlari, mutaxassislaridan iborat, shu jumladan, shartnoma asosida ishchi guruhlarni tashkil etadi;
v) oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan targʻibot ishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash sohasida:
oila mustahkamligi, sogʻlom turmush tarzi, oilaning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish masalalariga qaratilgan turli uslubiy qoʻllanmalar tayyorlaydi, chop etadi hamda targʻibot loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish bilan bogʻliq yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlovchi taʼlim muassasalari uchun ilmiy, oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlashda ishtirok etadi;
oʻz faoliyati, shu jumladan, amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boradi hamda ushbu maqsadda rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratadi;
aholining oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashdagi daxldorlik hissini hamda fuqarolik masʼuliyatini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
g) oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik soʻrov, ilmiy konferensiyalar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish sohasida:
tadqiqotchilar tomonidan Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga mos keladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy qiladi;
himoya qilingan dissertatsiyalarning ilmiy yangiliklari va natijalarini Qoʻmita orqali amaliyotga tatbiq etishni taʼminlaydi, ilmiy tadqiqotlarning aholi manfaatlariga xizmat qilish samaradorligini monitoring qilib boradi;
ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalardan hududlarning muammolari yechimlari yuzasidan ishlanmalar, mahallalardagi xotin-qizlar faollari tizimda qoʻllashi uchun sodda, xalqona tilda, kichik hajmdagi qoʻllanmalar ishlab chiqib, Qoʻmitaga taqdim etib boradi;
institutning asosiy vazifa va funksiyalari bilan bogʻliq yoʻnalishlarda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni oʻqitish boʻyicha xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlik qiladi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar bilan bogʻliq mavzular boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazadi;
oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash kabi yoʻnalishlarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etadi;
oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oila, xotin-qizlar va gender tenglik sohasida innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshiradi;
fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy hayotdagi haqiqiy muammolarni aniqlaydi va ularning yechimi boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
d) olimlar va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash, oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida ilmiy tadqiqot oʻtkazayotgan izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ishlanmalari amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashish sohasida:
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish bilan bogʻliq yoʻnalishlarda ilmiy kadrlar tayyorlaydi, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish tizimini joriy etadi;
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy maʼruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etadi;
oila, xotin-qizlar va gender tenglik muammolarini tadqiq etish boʻyicha tadqiqotchi va izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlaydi hamda ularning tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
e) oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga kiritib borish sohasida:
oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro reytinglarni tuzuvchilar, reyting agentliklari, shuningdek xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatadi;
oila, xotin-qizlar, gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarning indikatorlari, ularni aniqlash hamda baholash metodologiyasini oʻrganadi va tahlil qiladi;
xalqaro gender tenglikka oid reytinglarda yuqori ball toʻplagan va reytingi baland hisoblangan, ijobiy natijaga erishayotgan mamlakatlarning tajribasini oʻrganadi;
oila, xotin-qizlar, gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarning indikatorlarida Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilanishiga toʻsqinlik qiluvchi omillar hamda muammolarni aniqlaydi;
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistika axborotini toʻplash, unga ishlov berish, tahlil va eʼlon qilish hamda xalqaro tajriba va standartlarga muvofiq milliy gender koʻrsatkichlarini takomillashtirib borishga oid takliflar ishlab chiqadi;
tahlillar asosida Oʻzbekistonning ustuvor xalqaro gender indeks va reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi hamda tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga Qoʻmita orqali oʻrnatilgan tartibda kiritib boradi, gender koʻrsatkichlar boʻyicha monitoring oʻtkazadi.
4-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
10. Institut oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni Qoʻmitaga kiritish;
Institutning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni statistika organlari, soliq xizmati organlari hamda boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish sohalarini takomillashtirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha Qoʻmitaga takliflar kiritish;
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish sohalaridagi dolzarb hamda istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yigʻilishlarida, ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish;
Institutga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy kengash tuzish;
Institut vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlar ishtirokida vaqtincha ijodiy guruhlarni tuzish;
Institut xodimlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun daromad shaklida olingan mablagʻlarni jalb etish;
oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, oila, xotin-qizlar va gender tenglik bilan bogʻliq davriy ilmiy, uslubiy va amaliy nashrlar chiqarish hamda tarqatish.
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
11. Institut:
ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmitaga har oyda kamida bir marta tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflarni taqdim etib borish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga hisobot berish uchun javobgar hisoblanadi.
5-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
12. Institut oʻz faoliyatida bevosita Qoʻmitaga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
13. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita raisi) tavsiyasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
14. Institut direktorining uning tavsiyasiga asosan Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.
Institut direktori boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq oʻrinbosarlari amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
15. Institut direktori:
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Institutning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali xorijlik mutaxassislar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Institut xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruq va yoʻriqnomalarni qabul qiladi;
Institut direktorining oʻrinbosarlari va boʻlim boshliqlarining hisobotlarini Ilmiy kengashda eshitadi;
Institut xodimlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ragʻbatlantirish shakllarini, lavozim maoshlariga ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni belgilaydi, xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha buyruqlar chiqaradi, ularni intizomiy jazoga tortish masalalarini hal qiladi;
Institutning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, boʻlim boshliqlari va xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlaydi;
Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda, Institutning ish rejasini tasdiqlaydi;
Institutning hisobotlarini tasdiqlaydi;
Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institutning aktivlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi, mol-mulkni boshqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, toʻlov hisob-kitob va boshqa hujjatlarni imzolaydi, zarur hollarda Institutning masʼul mansabdor shaxslariga ishonchnomalar beradi;
Institut nomidan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan shartnoma va memorandumlar tuzadi;
Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritadi.
Institut direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Institut xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat qonunchiligi, lavozim yoʻriqnomasi, ichki mehnat qoidalari, jamoa hamda mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
17. Institut direktorining oʻrinbosarlari:
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
Qoʻmita raisining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun Institut direktoriga kiritadi;
Institut direktoriga tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritadi, ularning kasbiy mahorati, malakasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va axloqiy fazilatlari yuqori darajada boʻlishini taʼminlash, kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻradi;
Institutning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi (KPI) va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
18. Institut huzurida Ilmiy kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi direktor oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Ilmiy kotib, Institut tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Qoʻmita masʼul xodimlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi. Ilmiy kengashga Institut direktori raislik qiladi.
Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, aʼzolari soni va nizomi Institut direktori tomonidan Qoʻmita bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq belgilanadi.
6-bob. Institut faoliyatini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
19. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari (xodimlar mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
20. Institut oʻzining koʻchmas va koʻchar mol-mulkiga, mablagʻlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulkiga ega boʻlishi mumkin.
Xoʻjalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan sotib olingan mulk va vositalar Institut mulki hisoblanadi.
21. Institut tomonidan tayyorlangan barcha tadqiqot materiallari uning intellektual mulki hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
22. Institut direktori belgilangan ish haqi fondini tejashdan hamda budjetdan tashqari tushgan, shuningdek, xodimlarning tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari yetishmasligidan iqtisod qilingan mablagʻlardan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda foydalanishga haqlidir.
23. Institut xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Institut xodimlarining avvalgi uzoq yillik ish staji uchun oladigan qoʻshimcha haqlari va ustamalari saqlab qolinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
24. Institut direktori Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlar oʻz xizmat vazifalarini tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajarishini ragʻbatlantirish maqsadida ularga belgilangan tartibda lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda oylik ustamalar belgilashga, har chorakda lavozim maoshining 50 foizigacha mukofotlashga, bir yilda bir lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam tayinlashga haqli.
7-bob. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
25. Institut faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
26. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
27. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Institut rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
28. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
29. Institut qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-son qaroriga 3-ILOVA
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishida kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tizimida faoliyat koʻrsatayotgan masʼul xodimlar malakasini oshirish oʻquv kurslarining (keyingi oʻrinlarda — malaka oshirish oʻquv kurslari) maqsad va vazifalarini, oʻquv kurslarida oʻqish, shuningdek, malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻquv jarayonini tashkil etish va tinglovchilarning bilimini baholash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar]
2. Malaka oshirish oʻquv kurslari Qoʻmita markaziy apparatining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalarining, tuman (shahar)lar oila va xotin-qizlar boʻlimlarining xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari kasbiy malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi.
3. Malaka oshirish oʻquv kurslari har uch yilda bir marta bepul asosda onlayn va offlayn shaklda tashkil etiladi.
4. Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishida faoliyat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning xodimlari ham malaka oshirish oʻquv kurslarida ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
5. Malaka oshirish oʻquv kurslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi.
2-bob. Malaka oshirish kurslarining maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
6. Malaka oshirish kurslarining maqsadi — Qoʻmita tizimi xodimlari, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash, ular bilan tizimli ishlarni tashkil etish, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, sogʻlomlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
7. Quyidagilar malaka oshirish oʻquv kurslarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmita xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish, oila va xotin-qizlar bilan ishlashda zamonaviy bilim, koʻnikma hamda malakalari, shuningdek, kasbiy tayyorgarligini oshirish;
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va maʼnaviyatini yuksaltirishga koʻmaklashish;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini hamda mediativ usullarini oʻrgatish, ajralishlarning oldini olish hamda oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida xodimlarning malakasini oshirish;
xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ularni kasanachilik, hunarmandchilik va boshqa shaklda oʻzini oʻzi band qilishi boʻyicha soha xodimlarining tegishli kompetentligini oshirish;
soha xodimlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻnikma va malakalarga ega boʻlishini taʼminlash.
3-bob. Malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
8. Malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqish tegishli yoʻnalishlar boʻyicha Institut tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. Oʻquv rejalari va dasturlari har yili oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtirib boriladi.
9. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi yoʻnalish bloklari boʻyicha malaka oshirish talablaridan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
10. Malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqish Qoʻmita huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan tasdiqlangan 36 soatlik oʻquv dasturlari boʻyicha bir hafta davomida ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
11. Institut Qoʻmita, joylardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari bilan birgalikda har yili aprel oyida malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqishning belgilangan davriyligiga muvofiq oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari tarkibi va reja-jadvalni shakllantiradi hamda tasdiqlaydi.
12. Malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilari tasdiqlangan reja-jadval asosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
13. Tasdiqlangan reja-jadvalga kiritilgan va malaka oshirish oʻquv kurslariga oʻqishga yoʻllangan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida saqlanib qoladi.
14. Malaka oshirish oʻquv kurslariga yoʻllangan tinglovchilarga taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish xarajatlari ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
15. Mahallalardagi xotin-qizlar faollarining malaka oshirish oʻquv kurslarida ishtirok etishini taʼminlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari masʼul hisoblanadi.
4-bob. Malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etishda manfaatdor tashkilotlarning vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
16. Institut:
har yili mart oyiga qadar malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilari uchun oʻquv rejasi, dasturlari va materiallarni tayyorlaydi, muntazam yangilab boradi, ilmiy-uslubiy koʻmaklashadi va oʻquv-metodik rahbarlik qiladi;
malaka oshirish oʻquv kurslarini taʼminlovchi yagona elektron tizim (platforma) ishlab chiqadi va uni doimiy oʻquv materiallari bilan taʼminlab boradi;
malaka oshirish tizimiga oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlarini, ilgʻor pedagogik texnologiyalarini joriy etadi;
Qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda malaka oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning doimiy yangilanishini taʼminlaydi;
malaka oshirish tizimini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
malaka oshirish tizimiga oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlarini, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
malaka oshirish oʻquv kursi tinglovchilariga zarur metodik yordam berish, modullarni oʻzlashtirish, mashgʻulotlarni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
malaka oshirish oʻquv kurslarida taʼlim olish va oʻqitish jarayoni monitoringini yuritadi va natijalarini Qoʻmitaga taqdim etadi;
malaka oshirish oʻquv kurslari uchun tayyorlangan oʻquv materiallarini elektron tizimga joylashtirish, mavjud kontentni yangilab borish, malaka oshirish oʻquv kursining faoliyatini sifatli tashkil etish choralarini koʻradi;
malaka oshirish oʻquv kurslarining texnik taʼminotini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
malaka oshirish oʻquv kurslari oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oliy taʼlim tashkilotlarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb etishda amaliy yordam koʻrsatadi.
18. Tinglovchilar har bir modul yakunida oraliq testlar va umumiy malaka oshirish kursi oxirida yakuniy test topshiradi. Testdan kamida 56 foiz oʻzlashtirish koʻrsatkichini qayd etgan tinglovchilar kursdan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
19. Malaka oshirish oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlay olmagan tinglovchilarga sertifikat berilmaydi hamda ular bir yil muddatda belgilangan tartibda qayta malaka oshirishdan oʻtadi.
5-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va tinglovchilarning bilimlarini baholash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
20. Malaka oshirish oʻquv kurslari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini hisobga olgan holda, kurslar faoliyatini va resurs taʼminotini budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida tinglovchilarni oʻqitish uchun moddiy-texnik baza, professor-oʻqituvchilar tarkibi mavjud boʻlgan holda tashkil etiladi.
Mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar shartnoma asosida jalb etiladi.
21. Malaka oshirish kurslari maʼruza, interaktiv seminar, amaliy mashgʻulot, sayyor mashgʻulot, tajriba almashish, mustaqil oʻqish, onlayn va offlayn mashgʻulotlar shaklida tashkil etiladi.
Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda, malaka oshirish oʻquv kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllangan holda tashkil etilishi mumkin.
22. Malaka oshirish oʻquv kurslaridagi oʻquv jarayoni guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni, qoida tariqasida, kamida 30 nafardan iborat guruhlarda tashkil etiladi.
23. Malaka oshirish jarayonida guruhdagi tinglovchilarning soni 50 nafardan oshmasligi lozim.
24. Malaka oshirish oʻquv kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga shartnoma asosida yuqori malakali kadrlar, xorijiy mutaxassislar, xodimlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
25. Malaka oshirish oʻquv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tegishli sohalarning ilgʻor mutaxassislari orasidan kamida 3 — 5 kishidan iborat tarkibda komissiya shakllantiriladi.
26. Malaka oshirish oʻquv dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sertifikat beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Tinglovchilar malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish jarayonlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslari uchun masʼul tashkilotning xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
28. Malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, malaka oshirish oʻquv kurslarini taʼminlovchi yagona elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tengligini taʼminlash yoʻnalishida kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tengligini taʼminlash yoʻnalishida malaka oshirganlikhaqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining QR-kodli imzosi
Sana ________________
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tengligini taʼminlash yoʻnalishida malaka oshirganlik haqida
SERTIFIKAT
(tavsifi)
Malaka oshirganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi bilan davlat tilida “Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va gender tengligini taʼminlash yoʻnalishida malaka oshirganlik haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — “MO” va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — raqamli va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori bilan tasdiqlangan Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasining “Ijro uchun masʼullar” ustunida:
3-pozitsiyadagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4, 9, 50, 51 va 52-pozitsiyalardagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” va “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari tegishlicha “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” va “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyadagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 8-bandi yettinchi xatboshisidagi va 28-bandidagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qarori bilan tasdiqlangan Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining “Masʼul ijrochilar” ustunida:
4-pozitsiyadagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” va “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari tegishlicha “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” va “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12, 16 va 18-pozitsiyalardagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyundagi 367-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarori)” 2021-yil 6-oktabrdagi 624-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)