Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini koʻriqlashni yanada mustahkamlash, chegara qoʻshinlarini boshqarishni takomillashtirish va ularning jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati /oʻrt. Gʻ. Aliyev/ chegara qoʻshinlarida jangovar tayyorgarlikni oshirish, boshqaruvni takomillashtirish, intizomni mustahkamlashga oid qoʻshimcha tadbirlar qabul qilsin.
2. Milliy xavfsizlik xizmati huzuridagi Chegara qoʻshinlari boshqarmasi Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasiga aylantirilib, Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari boshqarmasining boshligʻi lavozimi tugatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi
Qonuniga qatʼiyan muvofiq tarzda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining Mudofaa vazirligi bilan tegishli darajada oʻzaro hamkorligini taʼminlash zarur deb hisoblanib, yetarli miqdorda chaqiriluvchilar tarkibini tanlash, ularni toʻliq va sifatli butlashga alohida eʼtibor qaratilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi /oʻrt. R. Axmedov/ zimmasiga chegara qoʻshinlarini chaqiriluvchilar zaxirasi bilan taʼminlash, ofitser kadrlar tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarining qismlari va boʻlinmalarini qurol-yaroq, harbiy texnika va harbiy-texnikaviy mulk bilan jihozlash vazifasi topshirilsin.