1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qurilish materiallari sanoatida raqobatbardoshlikni yanada oshirish, qoʻshilgan qiymatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, sohada amaliyot va ilmiy tadqiqotlarning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash, sifat nazoratini kuchaytirish, malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish doirasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
(a) ishlab chiqarish hajmini 62 trillion soʻmga yetkazish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
(b) qurilish sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
(v) ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qurilishda ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
(g) qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiyasini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
(d) qurilish materiallari xavfsizligini nazorat qilishni kuchaytirish.
II. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish
2. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda 2028-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojidan ozod etiladigan qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar roʻyxatini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
(a) Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Saudiya Arabistoni, Qatar, Moʻgʻuliston davlatlari bilan hukumatlararo muzokaralar oʻtkazish dasturini;
(b) mazkur davlatlar bilan bir taraflama oʻrnatilgan import bojlarini bekor qilish va mahsulotlar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni (certificate of origin) ikki taraflama oʻzaro tan olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2027-yilgacha moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirsin.
4. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
5. 2026-yil 1-fevralga qadar Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) oʻrtasida 2-ilovada nazarda tutilgan maʼlumotlar boʻyicha “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyilsin.
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev Uyushma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan 3,5 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlarini tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, qora metallar va qora metallar prokati (TIF TN boʻyicha kodi — 7210) mahsulotlari oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar sifatida tavsif etilmaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
8. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston hududida roʻyxatdan oʻtgan ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining Afgʻoniston hududiga “Termiz” avtoyoʻl oʻtkazish punkti orqali Davlat chegarasidan xavfsiz oʻtib qaytishlarini taʼminlasin.
III. Qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatini raqamlashtirishga koʻmaklashish
9. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengashning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Uyushma boshqaruv raisining qurilish materiallari sanoati korxonalarida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni joriy etishga koʻmaklashish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini joriy etish;
(b) Uyushma boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari sifatida korxonalarda sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va avtomatlashtirish boʻyicha loyihalarni amaliyotga joriy etish, maʼlumotlar boshqaruvi va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashishni belgilash.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
10. Savdo-sanoat palatasi Uyushma bilan birgalikda uch oy muddatda alohida yuridik shaxs maqomidagi “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi”ni tashkil etish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun 2026-yildan boshlab har yili 100 milliard soʻmlik mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan oʻtkazish xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqsin.
IV. Ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
13. Bino va inshootlarni loyihalashda va qurishda ekologik toza hamda energosamarador qurilish materiallaridan foydalanish nazoratini tashkil etish maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni tekshirish amaliyoti joriy qilinsin.
14. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda:
(a) uch oy muddatda ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallarini aniqlash uslubiyotini ishlab chiqsin;
(b) 2026-yil 1-mayga qadar bino va inshootlarni qurishda foydalanilishi tavsiya etiladigan ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari roʻyxatini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
15. Budjet buyurtmasiga asosan amalga oshiriladigan davlat xaridlari boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida bino-inshootlar, shu jumladan, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etishda mahalliy qurilish materiallari ulushi kamida 80 foizni tashkil etishi shartligi toʻgʻrisidagi talab belgilansin, bundan Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan alohida obyektlar mustasno.
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun rejalashtirilgan qurilish obyektlari uchun qurilish materiallari hajmi boʻyicha hududlar kesimidagi prognoz maʼlumotlarni Uyushmaga taqdim etsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va Uyushma yuqori qoʻshilgan qiymatli qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
18. Energetika vazirligi Uyushma tavsiyasiga asosan har yili 1-sentabrga qadar koʻmir yoqilgʻisini dastlabki qizdirish uchun limit asosida tabiiy gaz yetkazib beriladigan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari roʻyxatini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
19. 2026-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Oʻzbekiston hududida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta va jurnallar, onlayn reklama, bilbord, internet tarmogʻidagi xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish) orqali targʻibot va tashviqot qilish xarajatlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishga ruxsat etilsin. Bunda:
(a) mazkur xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismi, biroq bir kalendar yilda 250 million soʻmdan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
(b) Savdo-sanoat palatasining xulosasiga asosan sanoat korxonalariga kompensatsiyalar taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
Savdo-sanoat palatasi uch hafta muddatda kompensatsiyalarni taqdim etish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
V. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiya qilish
20. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
(a) Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qurilish materiallari sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar uchun belgilangan tartibda xorijiy ilmiy stajirovka tanlovini eʼlon qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
(b) Uyushma va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2026 — 2028-yillar uchun umumiy moliyalashtirish hajmi 30 milliard soʻmlik ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish choralarini koʻrsin. Bunda eʼlon matnida tanlovga kelib tushgan loyiha hujjatlari Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga yuborilishi va ularning ijobiy xulosasi asosida saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilishi nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
21. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari sanoati korxonalari vakillari malakasini Oʻzbekiston standartlar institutida oshirish boʻyicha uch yillik dasturni tasdiqlasin.
22. Belgilansinki, malaka oshirish kurslarida 2026-yil 1-fevraldan boshlab aniq reja-grafikka asosan har yili qurilish materiallari sanoati korxona vakillarining xalqaro standartlar, Jahon savdo tashkiloti qoidalari, sifat menejmenti, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishlari boʻyicha malakasi belgilangan tartibda oshiriladi.
VI. Qurilish materiallarining xavfsizligini nazorat qilishni kuchaytirish, qurilish chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilishni tashkil etish
23. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-martdan boshlab:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasi doirasida xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining elektron reyestri yuritiladi;
(b) elektron reyestr maʼlumotlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish nazorati inspeksiyasi) tomonidan qurilish obyektlarida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari natijalarida olinadigan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlaridagi qurilish materiallarining elektron reyestrida ishlab chiqargan qurilish materiallarining xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan korxonalar davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi;
(g) xavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalarning jamoatchilik uchun ochiq roʻyxatini tegishli axborot tizimlari, Uyushma va boshqa vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-sahifalarida eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
24. Aniqlangan xavfli qurilish materiallari qayta muomalaga chiqib ketishini nazorat qilish maqsadida belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
(a) buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilarga tegishliligi boʻyicha qurilish obyekti va ishlab chiqarish korxonalarida xavfliligi aniqlangan, vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda muomaladan chiqarishga majburiy koʻrsatma berilgan qurilish materiallarini qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar yoki chiqindi poligonlariga shartnoma doirasida yuborish majburiyati yuklanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(b) mazkur majburiyat bajarilishini nazorat qilish tegishlicha Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(v) Qurilish nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur majburiyatni bajarishni talab qilish boʻyicha beriladigan majburiy koʻrsatmalar Ekologiya qoʻmitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi;
(g) Bosh prokuratura (S. Samadov) mazkur majburiyat aniq va bir xilda bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi.
25. 2026-yil 1-iyundan boshlab qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilishga yoʻnaltirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
(a) buyurtmachi-yuridik shaxslar tomonidan binolar va inshootlar, yoʻllar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash yoki buzish ishlarida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari qurilish chiqindilarini qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari yoki chiqindi poligonlariga shartnoma doirasida taqdim etiladi;
(b) qurilish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmini va ularni toʻplash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha loyihaviy yechimlar nazarda tutilishi majburiy hisoblanadi;
(v) qurilish chiqindilarining atmosfera havosiga taʼsirining oldini olish maqsadida buyurtmachi tomonidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq chang va yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
26. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda qurilish jarayonida foydalaniladigan avtoklav va avtoklavsiz usulda ishlab chiqarilgan gazbeton mahsulotlarni qoʻllash doirasini aniq belgilovchi normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
VII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4198-son qarori 2-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasini joriy taʼminlash va uning faoliyatini moliyalashtirish Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan asoslangan smeta-hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
28. Savdo-sanoat palatasi Uyushma, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
29. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi S.Q. Eshquvvatov belgilansin.
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
PQ-365-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish
TARTIBI
1. Qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarining biznes-rejasidagi ish oʻrinlarini yaratish va mahsulotlar realizatsiyasidan tushum kabi koʻrsatkichlar bajarilishining oʻrtacha miqdori 2025-2026-yillarda 30 foizdan va 2027-2028-yillarda 50 foizdan yuqori boʻlgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilariga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilayotgan kompensatsiya yordami qayta tiklanadi va toʻlab beriladi.
2. 2025-yil 1-noyabrga qadar qurilish materiallarini ishlab chiqarish maqsadida ajratilgan kredit (lizing)lar miqdoridan qatʼi nazar, uning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha hisobot oyi yakunida muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda:
(a) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan stavkada milliy valyutada ajratilgan kredit foizining asosiy stavkadan 4 foiz punktdan yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
(b) xorijiy valyutada ajratilgan kredit foizining 8 foiz punktdan yuqori qismi, biroq 4 foiz punktdan oshmagan miqdorda 2028-yilga qadar kompensatsiya qilib beriladi.
3. 2026-2027-yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha kredit miqdoridan qatʼi nazar, uning 20 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismi boʻyicha:
(i) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
(ii) xorijiy valyutada ajratiladigan kredit foiz stavkasining 8 foizdan yuqori qismi, biroq 3 foiz punktdan oshmagan miqdorda 12 oy muddatgacha;
(b) loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha:
(i) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
(ii) xorijiy valyutadagi kredit foiz stavkasining 8 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda uch yilgacha muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida, avval kreditning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, keyingi bir yil uchun mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan taqdirda, keyingi yil davomida har oyda toʻlab beriladi.
4. Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi hamda hudud toifasidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
5. 1, 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan bir vaqtda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan davlat organlari va maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/r
Axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlar
Maʼlumot turi
1.
Milliy statistika qoʻmitasi
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining STIR raqamlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar MST va TIF TN kodlari, ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlari, energiya resurslari va neft mahsulotlari (elektr energiya, koʻmir, mazut, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, ichimlik va texnik suv, benzin, dizel) isteʼmoli, xodimlar soni hamda aloqa oʻrnatish raqamlari.
2.
Bojxona qoʻmitasi
Qurilish materiallarining tashqi iqtisodiy faoliyat va tovar nomenklaturasi kodlari kesimida eksport va import koʻrsatkichlari, bojxona omborlarida mavjud ishlab chiqarish texnologiyalari.
3.
Soliq qoʻmitasi
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining STIR, moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha daromad va xarajatlari, toʻlagan soliqlari, soliq qarzining summasi, xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Izoh: maʼlumotlar “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlardan bepul taqdim etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 07/25/365/1120-son)