Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Paxta va boshoqli don ekinlari yetishtirish hamda sotishni koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil hosilidan olingan paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmga qayta hisoblagan holda jahon narxlari darajasining 50 foiz miqdorida (sotish xarajatlari chiqarib tashlangan holda) belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasini iqtisodiy ragʻbatlantirish va erkinlik berish toʻgʻrisida” 1994-yil 22-avgustdagi PF-937-son Farmonining
3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.