Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
18-banddagi va 27-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oshirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar “qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
20-banddagi “50” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
3.
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov oʻquv yilining quyidagi muddatlarida:
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.
Bunda, Davlat komissiyasi tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarining birinchi oʻquv yili uchun kamida 50 foizini bajargandan soʻng oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.”.
4. 24-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Oshirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar “Qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Bunda, qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursda talabalar safidan chetlashtirilganda qaytariladigan toʻlov miqdori oʻquv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli oʻquv yiliga tasdiqlangan oʻqitishning qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining oʻn ikkidan bir qismiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi va kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi.”.
birinchi xatboshidagi “oshirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar “qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlariga;”;
oʻn uchinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 50-bandning
oʻn birinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.