Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son
qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek paxta va gʻalla yetishtirishda ishlatilgan elektr energiyasi uchun xarajatlari qoplanadigan isteʼmolchilar roʻyxatini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan kelishish amaliyotini joriy qilish maqsadida qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli
qaroriga muvofiq elektr energiyasini yetkazib berish va isteʼmolchilar bilan ishlash funksiyalari Energetika vazirligi tizimidan ajratilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ zimmasiga yuklatilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomning 17-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi” soʻzlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.