1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha muddatga vizasiz rejim belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshisidan “XXR (turistik guruhlar tarkibida), AQSH va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovaning 79-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
PF-203-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2025-y., 06/25/203/1003-son)