Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabrdagi 2-2022-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3407, 2022-yil 28-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3407/1127-son) bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash
uslubiyatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandning
ikkinchi xatboshisi “baholashning alohida tartibi belgilangan davlat organlaridagi lavozimlarga” degan soʻzlardan keyin “, shuningek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi lavozimlarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 3-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar “Boshqaruv samaradorligi agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
4-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Boshqaruv samaradorligi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 8-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar “Boshqaruv samaradorligi agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9-bandning
birinchi xatboshisidan “, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida Axborot-tahlil guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Davlat organining tarkibiy tuzilmalari, shuningdek hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalarida davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati EMSKning maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash ushbu Uslubiyatning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.”.
9.
37-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Boshqaruv samaradorligi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10.
2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.