Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIVning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi 1-ilovaga
* muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisidagi
Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturi loyihasini Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.