toggle_night_mode
Hujjat 08.10.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2667-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 15-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-sentabr,
9-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2025-yil 4-sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 2-sentabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2025-yil 2-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 15-sentabrdagi 9-son buyrugʻiga
ILOVA
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalarini berish tartibini belgilaydi.”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sogʻliqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimida (bundan buyon matnda tibbiy axborot tizimi deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.”.
3. 5-banddagi “maʼlumotnomalari berishga” degan soʻzlar “maʼlumotnomalarini tibbiy axborot tizimida rasmiylashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari real vaqt rejimida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga uzatiladi.
52. Fuqaro mehnatga layoqatsizlik varaqasini yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olish imkoniyatiga ega.
Voyaga yetmagan shaxslarga beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ushbu shaxslarga yoki ota-onasi yoxud oilasining boshqa aʼzolaridan biriga hamda oʻqish (ish) joyiga beriladi.”.
“Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi” va “maʼlumotnomasi berishi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi” hamda “maʼlumotnomasini elektron axborot dasturida rasmiylashtirishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kasallik bir oydan oshiq davom etgan holatlarda, olis hududlardagi davolash profilaktika muassasasining davolovchi shifokori bemorni tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasidagi tor soha mutaxassisi koʻrigi yoki statsionar davolanish uchun yoʻnaltiradi.”.
6. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “67-moddasida” degan soʻzlar “100-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 12-banddagi “doimiy yashash joyiga” degan soʻzlar “yashash joyiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 16-bandning birinchi xatboshisidan “yozma ravishda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 18-bandning ikkinchi xatboshisidan “(095\x shakl)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 19, 52-bandlar va 10-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. 20-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan “(094\x shakl)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish mehnatga vaqtincha layoqatsizlikning davom etishiga sabab boʻlayotganligi aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tartib buzilganligi toʻgʻrisida qaydlar” satriga tegishli yozuv kiritilgan holda uning muddati shu kundan boshlab toʻxtatiladi va bemorga mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi rasmiylashtiriladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 11-ilovasidagi Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlar, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni elektron belgilash mezonlari asosida bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (bundan buyon matnda TIEK deb yuritiladi) yuboriladi.
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqoridagi Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlar, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni elektron belgilash mezonlarida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.”.
13. 24-bandning birinchi xatboshisidagi “ikki hafta muddatda” degan soʻzlar “yigirma kalendar kun muddat ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 33, 34, 35-bandlardan “(138\x shakl)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan davolash-profilaktika muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan uning otasi yoki onasiga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning boshqa aʼzosiga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.”.
16. 36-banddan “yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
17. 37-band va 46-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 43-banddagi “218-moddasiga” degan soʻzlar “364-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 48-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga, taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi 3-ilovasiga, bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Ushbu Yoʻriqnomaning 2-bandida nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari tibbiy hujjatlar asosida erkin shaklda beriladi”.
20. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik guvohnomasi (voyaga yetmagan shaxslar uchun) asosida qisqartirishlarsiz rasmiylashtiriladi.”.
birinchi xatboshidagi “Yakuniy tashxis” degan soʻzlar “Yakuniy tashxis (Nomi va KXT-10 kodi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga layoqatsizlik varaqasi va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining shifr raqamining ketma-ketligi har yili yangidan boshlanadi va Tibbiy axborot tizimiga quyidagi koʻrinishda kiritiladi:
1) Toshkent shahri — 01TSN XXXXXX25 (shrift oxiridagi ikkita son mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan yil);
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 02QR XXXXXX25;
3) Andijon viloyati — 03AV XXXXXX25;
4) Buxoro viloyati — 04BV XXXXXX25;
5) Jizzax viloyati — 05JV XXXXXX25;
6) Qashqadaryo viloyati — 06QV XXXXXX25;
7) Navoiy viloyati — 07NvV XXXXXX25;
8) Namangan viloyati — 08NmV XXXXXX25;
9) Samarqand viloyati — 09SaV XXXXXX25;
10) Sirdaryo viloyati — 10SiV XXXXXX25;
11) Surxondaryo viloyati — 11SuV XXXXXX25;
12) Toshkent viloyati — 12TV XXXXXX25;
13) Fargʻona viloyati — 13FV XXXXXX25;
14) Xorazm viloyati — 14XV XXXXXX25 .”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Tartibning buzilishi” degan soʻzlar “Tartib buzilganligi toʻgʻrisidagi qaydlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi davolovchi shifokor tomonidan rasmiylashtirilganidan soʻng, davolash-profilaktika muassasasining vakolatli shaxsi (bosh shifokor, bosh shifokor oʻrinbosari yoki mudir) tomonidan elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri uzaytirilganda tibbiy axborot tizimi orqali mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri ham uzaytiriladi hamda uzaytirishning sabablari koʻrsatiladi.
Fuqaro shaxsiy maʼlumotlar yoki unga qoʻyilgan tashxisdagi texnik xatolik yuzasidan mazkur mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari rasmiylashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yozma yoki elektron tarzda murojaat qilganda, mazkur murojaat davolash-profilaktika muassasasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida tibbiy axborot tizimi orqali mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalariga tuzatishlar kiritiladi hamda bu haqda tibbiy axborot tizimiga tegishli maʼlumotlar kiritiladi.”.
23. 1 — 4-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi

Roʻyxatga olingan sana: __-_____ 20___-yil

№ __XXXXXX__

Tibbiy muassasa nomi: _____________________________________________

______________________ (qaysi muassasa tomonidan berilgan)

1.

Vaqtincha mehnatga layoqatsiz fuqaro haqidagi maʼlumotlar: __________________________

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

JSHSHIR: ____________________________

Yoshi: ________________________________

Bemorga qarindoshligi: __________________

1a.

Bemor bola haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami: ______________________________

Yoshi: _________________________________

2.

Yashash manzili: _______________________

3.

Ish/oʻqish joyi: ___________________________

4.

Biriktirilgan tibbiy muassasa: ____________

5.

Mehnatga layoqatsizlik sababi: _____________

6.

Tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

7.

Davolovchi shifokor F.I.O:

_______________________________________

Boʻlim boshligʻi (masʼul shaxs) F.I.O:

_______________________________________

8.

Yakuniy tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

9.

VMK raisining F.I.O:

_______________________________________

10.

Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan kontaktda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar:

______________________________________

______________________________________

______________________________________

11.

TIEK maʼlumotlari: ______________________

Koʻrikdan oʻtgan sanasi: __________________

Xulosa: _________________________________

_______________________________________

TIEK raisi F.I.O:________________________

12.

Tartib: _______________________________

Tartib buzilganligi toʻgʻrisida qaydlar:

______________________________________

13.

Ishdan ozod etilgan kunlar: ________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

14.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilsin:

_____________________________________

_____________________________________

15.

Boshqa davlatdan kelgan bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish uchun ruxsat etiladi:

Hujjat Yagona tibbiy axborot tizimida yaratilgan. Hujjatning haqqoniyligini https://docs.dmed.uz saytida hujjatning ID kodini kiritish, yoki QR-kod orqali tekshirish mumkin.

Hujjatning

haqqoniyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi

Roʻyxatga olingan sana: __-_____ 20___-yil

№ __XXXXXX__

Tibbiy muassasa nomi: _____________________________________________

_________________________ (qaysi muassasa tomonidan berilgan)

1.

Vaqtincha mehnatga layoqatsiz fuqaro haqidagi maʼlumotlar: __________________________

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

JSHSHIR: ____________________________

Yoshi: ________________________________

Bemorga qarindoshligi: __________________

1a.

Bemor bola haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami: ______________________________

Yoshi: _________________________________

2.

Yashash manzili: _______________________

3.

Ish/oʻqish joyi: ___________________________

4.

Biriktirilgan tibbiy muassasa: ____________

5.

Mehnatga layoqatsizlik sababi: _____________

6.

Tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

7.

Davolovchi shifokor F.I.O:

_______________________________________

Boʻlim boshligʻi (masʼul shaxs) F.I.O:

_______________________________________

8.

Yakuniy tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

9.

VMK raisining F.I.O:

_______________________________________

10.

Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan kontaktda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar:

______________________________________

______________________________________

______________________________________

11.

TIEK maʼlumotlari: ______________________

Koʻrikdan oʻtgan sanasi: __________________

Xulosa: _________________________________

_______________________________________

TIEK raisi F.I.O: ________________________

12.

Tartib: _______________________________

Tartib buzilganligi toʻgʻrisida qaydlar:

______________________________________

13.

Ishdan ozod etilgan kunlar: ________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

14.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilsin:

_____________________________________

_____________________________________

15.

Boshqa shahardan kelgan bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish uchun ruxsat etiladi:

Hujjat Yagona tibbiy axborot tizimida yaratilgan. Hujjatning haqqoniyligini https://docs.dmed.uz saytida hujjatning ID kodini kiritish, yoki QR-kod orqali tekshirish mumkin.

Hujjatning

haqqoniyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi

Roʻyxatga olingan sana: __-_____ 20___-yil

№ __XXXXXX__

Tibbiy muassasa nomi: _____________________________________________

___________________________ (qaysi muassasa tomonidan berilgan)

1.

Vaqtincha mehnatga layoqatsiz fuqaro haqidagi maʼlumotlar: __________________________

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

JSHSHIR: ____________________________

Yoshi: ________________________________

Bemorga qarindoshligi: __________________

1a.

Bemor bola haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami: ______________________________

Yoshi: _________________________________

2.

Yashash manzili: _______________________

3.

Ish/oʻqish joyi: ___________________________

4.

Biriktirilgan tibbiy muassasa: ___________

5.

Mehnatga layoqatsizlik sababi: _____________

6.

Tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

7.

Davolovchi shifokor F.I.O:

_______________________________________

Boʻlim boshligʻi (masʼul shaxs) F.I.O:

_______________________________________

8.

Yakuniy tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

9.

VMK raisining F.I.O:

_______________________________________

10.

Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan kontaktda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar:

______________________________________

______________________________________

______________________________________

11.

TIEK maʼlumotlari: ______________________

Koʻrikdan oʻtgan sanasi: __________________

Xulosa: _________________________________

_______________________________________

TIEK raisi F.I.O: ________________________

12.

Tartib: _______________________________

Tartib buzilganligi toʻgʻrisida qaydlar:

______________________________________

13.

Taʼlimdan ozod etilgan kunlar: ________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

14.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilsin:

_____________________________________

_____________________________________

15.

Boshqa davlatdan kelgan bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish uchun ruxsat etiladi:

16.

Ushbu maʼlumotnoma berilgan muassasa:

____________________________________

17.

Muassasa nomi:

_______________________________________

Hujjat Yagona tibbiy axborot tizimida yaratilgan. Hujjatning haqqoniyligini https://docs.dmed.uz saytida hujjatning ID kodini kiritish, yoki QR-kod orqali tekshirish mumkin.

Hujjatning

haqqoniyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi

Roʻyxatga olingan sana: __-_____ 20___-yil

№ __XXXXXX__

Tibbiy muassasa nomi: _____________________________________________

___________________________ (qaysi muassasa tomonidan berilgan)

1.

Vaqtincha mehnatga layoqatsiz fuqaro haqidagi maʼlumotlar: __________________________

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

JSHSHIR: ____________________________

Yoshi: ________________________________

Bemorga qarindoshligi: __________________

1a.

Bemor bola haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O: ________________________________

Jinsi: _________________________________

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami: ______________________________

Yoshi: _________________________________

2.

Yashash manzili: _______________________

3.

Ish/oʻqish joyi: ___________________________

4.

Biriktirilgan tibbiy muassasa: ____________

5.

Mehnatga layoqatsizlik sababi: _____________

6.

Tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

7.

Davolovchi shifokor F.I.O:

_______________________________________

Boʻlim boshligʻi (masʼul shaxs) F.I.O:

_______________________________________

8.

Yakuniy tashxis (KXT-10 kodi va nomi):

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________________________

9.

VMK raisining F.I.O:

_______________________________________

10.

Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan kontaktda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar:

______________________________________

______________________________________

______________________________________

11.

TIEK maʼlumotlari: ______________________

Koʻrikdan oʻtgan sanasi: __________________

Xulosa:_________________________________

_______________________________________

TIEK raisi F.I.O: ________________________

12.

Tartib: _______________________________

Tartib buzilganligi toʻgʻrisida qaydlar:

______________________________________

13.

Ishdan ozod etilgan kunlar: ________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

14.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilsin:

_____________________________________

_____________________________________

15.

Boshqa davlatdan kelgan bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish uchun ruxsat etiladi:

Hujjat Yagona tibbiy axborot tizimida yaratilgan. Hujjatning haqqoniyligini https://docs.dmed.uz saytida hujjatning ID kodini kiritish, yoki QR-kod orqali tekshirish mumkin.

Hujjatning

haqqoniyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 10/25/2667-4/0909-son)