Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3360, 2022-yil 1-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3360/0260-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 121-bandiga muvofiq, pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi hamda Agentlik direktori ushbu mablagʻlarni Agentlik tizimidagi tashkilotlar oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega.
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizini Agentlikka yoʻnaltiruvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Pullik xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltirilishi har oy uchun keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.