Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Naqd pul muomalasini tartibga solish va pullarning asossiz ravishda koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi;
davlat (aksionerlik) korxonalari va tashkilotlaridan kooperativlar, fermerlar, xususiy va kichik korxonalarning hisob-kitob schyotlariga tushadigan pul mablagʻlari operatsiyalar va toʻlovlar ularning ustav faoliyati sohasiga muvofiq kelgan taqdirda qoʻshib qoʻyiladi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
5. 1994-yilning 1-avgustidan mehnatga haq toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar davlat yoʻli bilan tartibga solinishi joriy etilsin. Shu maqsadda:
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar (budjetdagilardan tashqari) mahsulot (ish, xizmat) hajmi oʻsishining har bir foizi uchun baza davriga nisbatan ish haqi fondini taqqoslama narxlarda 0,7 foizgacha oshirishlari mumkinligi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar belgilangan nisbatni turli sabablarga koʻra oshirib yuborgan hollarda mehnatga haq toʻlash fondining asossiz oshirilgan qismi toʻlov budjet hisobiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Tijorat banklari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mehnatga haq toʻlash uchun mablagʻlar sarflanishi ustidan har chorakda nazorat oʻrnatsinlar.
Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi asoslangan hisob-kitoblardan kelib chiqib hamda tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mehnatga haq toʻlash fondini tartibga solish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida ilgari qabul qilingan qarorlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.