Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining
Budjet,
Soliq va Bojxona
kodekslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son
Farmoni va 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
333-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuborilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron topshiriqnoma bir ish kuni mobaynida “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik ravishda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.”.
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliqlardan tashqari toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish uchun topshiriqnomani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda “OʻRIMV” ATga yuborishlari mumkin hamda mazkur topshiriqnoma bir ish kuni mobaynida “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik tarzda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.”.
4.
342-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“342. Maʼmuriy, iqtisodiy va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan davlat bojini qaytarish boʻyicha sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mavjud boʻlganda, vakolatli organ tomonidan topshiriqnoma elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda, elektron ravishda “OʻRIMV” ATga yuboriladi hamda mazkur topshiriqnoma bir ish kuni mobaynida “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik tarzda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.
Elektron topshiriqnoma tuzishning imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, topshiriqnomalar yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) vakolatli organning yozma murojaatiga asosan tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga qogʻoz shaklida yuborilishi mumkin.
Bunda, gʻaznachilik xizmati boʻlimlari topshiriqnoma yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) qogʻoz shaklida taqdim qilinganidan soʻng, bir ish kuni mobaynida ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan toʻlovchining rekvizitlari va summalarni “OʻRIMV” ATdagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar. Barcha maʼlumotlar oʻzaro muvofiq boʻlganida taqdim etilgan topshiriqnoma yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mablagʻlarni ularda koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan ijroga qabul qilinadi.”.