Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
3-bandidan “unitar korxonalar,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.