1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
JALB ETILADIGAN XORIJIY KREDITLAR BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAFOLATLARI BERILGANLIGI UCHUN TOʻLOV UNDIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
“Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida” va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
1. Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumat qarorlari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini berishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qatʼiy amal qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga ILOVA
Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov (keyingi oʻrinlarda matnda “taqdirlash puli” deb yuritiladi) undirish tartibini belgilab beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar)dan tushadigan taqdirlash puli respublika budjetining daromadlari sifatida hisobga olinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri hisoblanadi va Davlat budjeti daromadlari tasnifining tegishli boʻlimi va paragrafi boʻyicha ochilgan tranzit hisob raqamlari orqali oʻtkaziladi.
Taqdirlash pulini oʻtkazish uchun respublika budjetining tranzit daromad hisob raqami rekvizitlari qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar)ga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.
II. Taqdirlash puli miqdorlarini belgilash va uni undirish tartibi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi (subqarz oluvchi) oʻrtasida tuziladigan kafolat bitimida Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun taqdirlash puli toʻlash boʻyicha qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning majburiyatlari nazarda tutiladi.
4. Taqdirlash puli miqdori jalb etiladigan xorijiy kredit shartlaridan kelib chiqib belgilanadi:
tijorat shartlarida berilgan kreditlar boʻyicha, — yillik 0,5 foiz, asosiy qarzning tanlangan va qaytarilmagan qismiga oʻtkaziladi;
imtiyozli shartlarda berilgan kreditlar boʻyicha, — yillik 0,1 foiz (budjetdan taʼminlanmaydigan tashkilotlar uchun), asosiy qarzning tanlangan va qaytarilmagan qismiga oʻtkaziladi.
Taqdirlash pulini qaytarish manbai budjet mablagʻlari boʻlgan kreditlar, shuningdek ular boʻyicha subqarz oluvchilarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydigan, respublikaning tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigan xorijiy kreditlar boʻyicha undirilmaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
5. Taqdirlash puli jalb etiladigan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foizlar toʻlanadigan tegishli sanalarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.
Taqdirlash pulini toʻlash uch kun mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
6. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan taqdirlash pulini oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablagʻlarini qarz oluvchi va subqarz oluvchining har qanday hisob raqamlaridan (subqarz oluvchining majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilgan taqdirda) muddati oʻtkazib yuborilgan summa va hisoblangan penya miqdorida istalgan valyutada shubhasiz va soʻzsiz undirib olish huquqiga egadir.
Pul mablagʻlarini qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning hisob raqamlaridan chiqarish budjetga toʻlovlarni hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
7. Ilgari olingan kreditlar summasi oʻzgarganligi, yoxud jalb etilgan kreditlarni qaytarish muddatlari uzaytirilganligi munosabati bilan kredit bitimlarini qayta rasmiylashtiruvchi qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) taqdirlash pulini mazkur Nizomda belgilangan tartibda kredit bitimlari qayta rasmiylashtirilgan paytdan boshlab toʻlaydilar.
III. Yakuniy qoidalar
8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan toʻlangan taqdirlash puli qaytarilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasarrufida qoladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
9. Taqdirlash puli tushumi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov sifatida hisobot sanasida tushgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatadi hamda ushbu maʼlumotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 14-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)