Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
KOʻMIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISH VA GEOLOGIYA-RAZVEDKA ISHLARI TIZIMI XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
“Sugʻurta toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-avgustidan boshlab ishlab chiqarish xarajatlarining mana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan moddalari hisobidan koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi joriy qilinsin.
2. Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta puli ishlab chiqarish faoliyatini bajarish chogʻida halok boʻlish {vafot etish) hodisasi yuz bergan taqdirda eng kam ish haqining 36 baravari miqdorida belgilansin.
Sugʻurta qilingan shaxsga baxtsiz hodisa munosabati bilan nogironlik belgilanganda:
I guruh nogironga—sugʻurta pulining 50 foizi;
II guruh nogironga—sugʻurta pulining 30 foizi;
III guruh nogironga—sugʻurta pulining 20 foizi toʻlanadi.
Nogironlikka olib kelmagan baxtsiz hodisa oqibati “Sugʻurta hodisalari munosabati bilan sugʻurta pullari va bir martalik nafaqalarni belgilash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarga asosan baholanadi.
Bir yilda bir marta toʻlanadigan sugʻurta toʻlovi amaldagi eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha
yoʻriqnomani tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga yetkazsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi sanoati va energetika majmuiga yuklansin.