1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatilishini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish bilan bogʻliq xizmatlarni davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki kredit byurolari orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
YIDXPda ushbu xizmatlarni koʻrsatishning har bir bosqichida ariza beruvchilarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyati doirasida ushbu qarorga muvofiq xizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
522-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 522-son qaroriga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — jismoniy shaxsning Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi arizasi asosida shakllantirilgan hamda uning shaxsga doir maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan axborotlar majmuasi;
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — kredit bitimini tuzish taqiqlangan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona maʼlumotlar bazasi.
2-bob. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi
3. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish boʻyicha arizalarni taqdim etish hamda ularni koʻrib chiqish (keyingi oʻrinlarda — xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
4. Xizmatni koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Ariza beruvchi xizmatdan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki kredit byurosiga shaxsan kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP yoki kredit byurolarining veb-saytlari orqali ushbu tashkilotlarga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurosi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali yoki kredit byurosi veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat etganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda toʻldiradi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, mobil ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, maʼlumotnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
8. Ariza beruvchi xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni kredit byurolariga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat etilganda, ariza avtomatik tarzda kredit byurolariga yuboriladi.
Kredit byurolari orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinganda darhol reyestrga kiritiladi yoki reyestrdan chiqariladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
10. Kredit byurolari ariza beruvchi reyestrga kiritilgan yoki reyestrdan chiqarilgani toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani ariza beruvchi oʻzi kelib davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda — davlat xizmatlari markazlariga, YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etgan taqdirda, ariza beruvchining oʻziga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma beriladi, kredit byurosining veb-sayti orqali murojaat etganda esa ushbu maʼlumotnoma kredit byurosining veb-saytidagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
11. Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida berishi lozim.
3-bob. Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
12. Reyestrni shakllantirish va yuritish hamda jismoniy shaxslarning kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatini shakllantirish kredit byurolari tomonidan yagona axborot tizimi orqali oʻzaro elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Bunda kredit byurolari tomonidan axborot xavfsizligi va texnologik talablarga toʻliq javob beradigan maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Ushbu baza orqali jismoniy shaxslardan taqiqlash va uni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
13. Kredit byurolari tomonidan jismoniy shaxslarning kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi maʼlumotlar jismoniy shaxslarning kredit tarixi maʼlumotida aks ettirib boriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
14. Reyestr davlat tilida yuritiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy organlari ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
17. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish boʻyicha arizalarni taqdim etish hamda ularni koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
1. Xizmatdan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Kredit byurolari orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat etadi.
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Arizani toʻldirib, kredit byurolariga yuboradi.
10 daqiqada
2. YIDXP
2. Toʻldirilgan arizani avtomatik tarzda kredit byurolariga yuboradi.
Avtomatik ravishda
3. Kredit byurosi
3. Ariza bilan yozma murojaat etilganda.
Darhol
4. Elektron murojaat etilganda.
Avtomatik ravishda
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritilgani yoki reyestrdan chiqarilgani toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Reyestrga kiritilgan yoki reyestrdan chiqarilgan sana (yil, kun, oy):
Jismoniy shaxsning F.I.O.:
JSHSHIR:
Elektron manzil (mavjud boʻlsa) va telefon raqami:
Maʼlumotnomani bergan kredit byurosining nomi
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 522-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha