Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
5-bobi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2025-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.