Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik V.Vohidov xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 6-iyuldagi 257-son qarorining
1-bandidan “va kelgusida ushbu tibbiyot muassasasi “Akademik V.Vohidov nomidagi respublika jarrohlik ilmiy markazi” deb nomlansin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kardiologiya ilmiy-tekshirish institutini Toshkent davlat meditsina institutidan ajratish va uni Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash ministrligining Oʻzbekiston kardiologiya ilmiy-tekshirish instituti deb nomlash toʻgʻrisida” 1978-yil 8-fevraldagi 84-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.