Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 24 va 2010-15-son qarori (roʻyxat raqami 2107, 2010-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 21-son 169-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) yoʻnaltiriladigan toʻlovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.”.
2.
2-banddagi “oʻzining, shuningdek, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining)” degan soʻzlar “oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzining, farzandlarining yoki erining (xotinining) oʻqishi uchun toʻlanganda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar oʻqish uchun toʻlov taʼlim oluvchi yigirma olti yoshga toʻlguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa xotiniga (eriga) beriladi.”.