1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida ochiq tenderlar oʻtkazish tartib-taomillarini soddalashtirish, tender boʻyicha takliflarni baholash va gʻolibni aniqlashda inson omilini minimallashtirish hamda idoralararo elektron tizimlarni integratsiya qilish orqali ushbu tizimni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
tender boʻyicha takliflar mazmunini va tender takliflarini baholash hamda gʻolibni aniqlashda inson omilini minimallashtirish orqali ushbu tartibni soddalashtirish;
vakolatli organ tomonidan yoʻnalishlarni vaqtincha biriktirishda aniq va shaffof mexanizmni joriy etish;
tender gʻolibining takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiyligini oʻrganish tartibini bekor qilish orqali tender gʻolibini rasmiylashtirish tizimini soddalashtirish;
tender boʻyicha takliflarga beriladigan ballar va baholash tartibini avtomatlashtirish.
2. Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi hamda qaror kuchga kirgandan keyin eʼlon qilingan tender tanlovlariga nisbatan tatbiq etiladi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-avgust,
501-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) yettinchi xatboshidagi “boshqa ashyoviy huquqlar” soʻzlari “ijara shartnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tender harakatlari — tashuvchiga muntazam yoʻnalishni biriktirish uchun tender eʼlon qilishdan boshlab tender takliflarini taqdim etish, baholash, gʻolibni aniqlash va oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirish bilan yakunlanadigan harakatlar majmui”.
2. 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
tegishliligi boʻyicha yoʻnalishlarni ochish, yopish hamda oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
yoʻnalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritish;
oʻtkaziladigan tenderlar toʻgʻrisidagi eʼlonlarni (lotlarni) axborot tizimiga hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtirish;
tender gʻolibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;
tender gʻolibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tuzish;
shartnoma (brutto-shartnoma) talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlanganda qonunchilik hujjatlariga va/yoki shartnomaga (brutto-shartnomaga) muvofiq tegishli chora qoʻllash.
Vakolatli organ brutto-shartnoma tizimi doirasida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:
brutto-shartnoma asosida tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;
yoʻnalishlarning boshlangʻich narxini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini taʼminlaydi va tender toʻgʻrisida Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida eʼlon qiladi.
5. Tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazilgan (texnik jihatdan soz) va mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasiga ega boʻlgan hamda axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin”.
“7. Vakolatli organ tomonidan quyidagi holatlarda yoʻnalishlar tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan oltmish kun muddatgacha bir marotaba vaqtincha biriktiriladi:
yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtincha yoʻnalishlar tashkil etilganda;
yoʻnalishda xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma muddatidan avval belgilangan tartibda bekor qilinganda;
yoʻnalishda xizmat koʻrsatish uchun tenderda lot boʻyicha talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmaganda yoki tender natijalari boʻyicha gʻolib aniqlanmaganda.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan faqatgina respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari chiqishlari mumkin”.
4. 9 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“11. Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish boʻyicha eʼlon axborot tizimiga avtomatik ravishda hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtiriladi.
Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish haqidagi arizalar eʼlon berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ariza berish muddati tugagandan soʻng axborot tizimida vaqtincha biriktirish uchun taklif etilgan avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil oʻtgani) elektron hamkorlik yoʻli bilan tegishli vazirlik va idoralardan elektron soʻrov orqali aniqlanadi va axborot tizimida ushbu Nizomga 2-ilovaning 3-bandiga muvofiq avtomatik baholanadi.
Agar yoʻnalishni vaqtincha biriktirishda bir nechta tashuvchining takliflari (avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili) teng boʻlsa, axborot tizimida birinchi murojaat etgan tashuvchiga biriktiriladi.
Tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, yoʻnalishda vaqtincha faoliyat yuritish boʻyicha ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda axborot tizimida avtomatik ravishda tender harakatlari boshlanadi (yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtincha yoʻnalishlardan tashqari). Bunda tashuvchi ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab toʻrt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari rasmiylashtirishi lozim”.
“14. Yoʻnalishda xizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagach, yoʻnalish oʻttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda qayta tenderga qoʻyiladi. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi”.
“18. Vakolatli organlar tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) roʻyxatini tayyorlaydi, lot talablarini, tender predmetini, tender vaqtini, tender oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida eʼlon qiladi”.
“231. Tender harakatlari sud hujjatiga asosan toʻxtatilganda tender gʻolibi bilan shartnoma tuzilgunga qadar amaldagi tashuvchi yoʻnalishda vaqtincha faoliyat yuritadi.
Tender harakatlarini toʻxtatishga asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda yoki sud hujjatiga asosan tender harakatlarini toʻxtatish muddati tugaganda, tender harakatlari toʻxtatilgan muddatdan boshlab, tender oʻtkazish davrining qolgan muddatiga davom ettiriladi”.
“26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish xarajatlarini qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak. Mablagʻlar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi”.
“29. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va axborotlarni (mezonlarni) oʻzida aks ettirishi lozim:
a) shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narxlari darajasi;
avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili;
avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);
avtobuslarning ekologik tozaligi;
avtobuslarning mulkida (balansida) boʻlgani;
tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yoʻnalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
b) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda, xarajatlarni toʻliq qoplashni hisobga olgan holda, yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;
avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;
avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);
yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlash va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilish majburiyatini olishi;
v) shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha “b” kichik bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi hamda tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yoʻnalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
g) brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar boʻyicha — “a” kichik bandda qayd etilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda yoʻnalishning yakuniy narxi”.
12. 34 va 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Agar lot boʻyicha faqat bitta qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlsa, mazkur qatnashchi gʻolib deb hisoblanadi hamda yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida yoki jadvalida) yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Agar qatnashchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki qatnashchidan takliflar kelib tushmasa, takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda lot boʻyicha ikki marta tender takliflari kelib tushmasa, yoʻnalish (yoʻnalishlar paketi yoki jadval) talablarini qayta koʻrib chiqishga ruxsat etiladi.
Lot yoʻnalish gʻolibi aniqlangunga qadar, uzogʻi bilan toʻrt marta axborot tizimida avtomatik tarzda takroriy tenderga qoʻyiladi.
Agar toʻrtta tenderda lot boʻyicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yoʻnalish vaqtincha toʻxtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qoʻyilmaydi, shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.
35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishi boʻyicha ketma-ket toʻrtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa, mazkur yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno).
Norentabel avtobus yoʻnalishlari qayta ochiq tenderga qoʻyiladi hamda mazkur Nizomning 57-bandiga muvofiq shartnoma tuzilganidan soʻng belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi”.
13. 36-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. 38 va 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Tender boʻyicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng yuqori ball toʻplagan qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Mezonlar ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda hisoblangan ballar ham teng boʻlgan taqdirda, tender takliflarini birinchi bergan qatnashchi gʻolib deb topiladi.
39. Tenderlar yakunlari, xususan, qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagandan yoki bekor qilingandan soʻng uch yil saqlanadi”.
16. 50, 51 va 52-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Vakolatli organ bilan tender gʻolibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma (brutto-shartnoma) ommaviy oferta shaklida axborot tizimiga tender gʻolibi aniqlanganidan keyin oʻsha kunni oʻzida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender gʻolibi bir kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Tender gʻolibi tomonidan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) akseptlangandan (taklifni qabul qilgandan) soʻng tender harakatlari yakunlangan hisoblanadi.
Tender gʻolibi bilan ommaviy oferta shartnoma (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab (shaharlararo yoʻnalishlar bundan mustasno) oʻn ish kunida shartnomada koʻrsatiladigan avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashi va vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilishi lozim.
51. Tender gʻolibi bilan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgandan soʻng toʻrt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini rasmiylashtirishi shart.
52. Quyidagi holatlarda qatnashchining tender gʻolibligi bekor qilinadi:
tender takliflarida notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilsa;
belgilangan muddatda lot boʻyicha barcha avtotransport vositalari vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilinmasa;
avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib boʻlmasa;
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda akseptlanmasa.
Bunda qatnashchining tender gʻolibligi bekor qilinganda, oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) ham avtomatik bekor qilinadi.
Ochiq tender qatnashchisining tender gʻolibligi bekor qilingan taqdirda, eng yuqori ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi va keyingi qatnashchilarga ham mazkur tartib amal qiladi”.
17. 57-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud hujjatiga muvofiq ushbu yoʻnalishda qatnashgan boshqa tashuvchining ballari tiklangan taqdirda, tender gʻolibi bilan tuziladigan shartnoma muddati shartnoma berilgan kundan hisoblanadi”.
“59. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda yoʻnalish boʻyicha tender harakatlari boshlanadi.
Bunda vakolatli organ tender harakatlari boshlanishidan oldin yoʻnalish talabini qayta koʻrib chiqishi mumkin”.
19. 61-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarini shartnoma rasmiylashtirilgandan boshlab uch oy muddatda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtotransport vositasi ekspluatatsiyaga yaroqsizligi haqidagi xulosasi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).
Tender gʻolibining tenderda toʻplagan ballari kamayib ketmagan taqdirda almashtirish uchun taklif etilgan avtotransport vositalariga elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi”.
21. 64-band quyidagi mazmundagi “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“z) shahar avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida faoliyat koʻrsatishda avtobuslarda konditsioner (iqlim-nazorati tizimi), videokuzatuv tizimlari, yoʻlovchilarni hisoblash qurilmalari, imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni taʼminlovchi uskunalarning soz holda ishlashi taʼminlanishi;
i) shaharlararo yoʻnalishlarda tashuvlar boshlangandan keyin oʻttiz kalendar kun ichida tashuvchi vakolatli organning tashuvlarni tashkil etish va chiptalarni sotish boʻyicha yagona tizimidan foydalanishi (kelishuv asosida) yoki tashuvchining chiptalarni sotish boʻyicha axborot tizimini vakolatli organning axborot tizimiga integratsiya qilishi lozim. Bunda integratsiya qilish bepul amalga oshiriladi (bank va ekvayring xizmatlarini koʻrsatish xarajatlari bundan mustasno)”.
a) 3 va 31-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Koʻrsatkich nomi
Taklif natijalari
ball
Avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil oʻtgani)
0-2 yil
10
3-5 yil
7
6-8 yil
6
9-11 yil
5
12 — 14 yil
3
15 yil va undan ortiq
0
Izoh.
Qatnashchi tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra foydalanish ishlari (necha yil oʻtgani) uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda tender taklifidagi avtotransport vositalari soniga boʻlinadi.
Misol uchun: tender talablarida 6 ta avtotransport boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda 4 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 3 yil) ballarning miqdori 7 balldan (4 x 7) =28 ballga hamda 2 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 13 yil) ballarning miqdori 3 balldan (2 x 3) = 6 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(28 + 6) : 6] = 5,66 ballni tashkil etadi.
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi.
31. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlganda quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Koʻrsatkich nomi
Avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili
ball
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlgani
0 — 2 yil
10
3 — 5 yil
7
6 — 8 yil
3
9 — 11 yil
0
12 — 14 yil
0
15 yil va undan ortiq
0
Izoh.
Qatnashchining mulkida (balansida) boʻlgan va u tomonidan taklif etilgan har bir avtotransport vositasi uchun ishlab chiqarilgan yiliga qarab, ballar jamlanadi hamda ularning umumiy soniga boʻlinadi.
Misol uchun: Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda mulkidagi (balansidagi) jami 10 ta avtotransport vositasidan, 5 tasining (foydalanish yili 3 yil) ballari miqdori 7 balldan (5 x 7)= 35 ballga va 5 tasini (foydalanish yili 8 yil) ballari miqdori 3 balldan (5 x 3) = 15 ballga teng boʻladi. Bunday holatda mulkida (balansida) avtotransport vositalari mavjudligi boʻyicha takliflarning bahosi [(35 + 15) : 10] = 5 ballni tashkil etadi.
Ishlab chiqarilganiga 9 yil va undan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari baholanmaydi.
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi uning mulkida (balansida) boʻlgani elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining umumiy yoʻlovchi sigʻimi (shu jumladan, oʻrindiqlari soni) elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi”;
v) 7-bandning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi, agar transport vositasi elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport vositasi boʻlsa”;
Qatnashchining barqarorlik reytingidagi koʻrsatkichlari Soliq qoʻmitasining tegishli elektron platformasi orqali idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda avtomatik tarzda aniqlanadi”;
“10. Barcha mezonlar boʻyicha olingan ballar qoʻshilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.
Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ball olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ball olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
T/r
Mezon nomi (ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda)
I. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha
1.
Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili
2.
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlgani
a) 8-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartnoma rasmiylashtirilgandan soʻng hamda lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun belgilangan muddatda litsenziya varaqasi olingandan soʻng 1 soat ichida”;
b) 12-pozitsiyaning uchinchi ustuni “guvohnoma” soʻzidan keyin “ushbu har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi olingandan soʻng” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)