1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyati natijadorligini oshirish, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish hamda kasbiy darajasini rivojlantirish, shuningdek, xodimlarni kafolatlangan moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(d) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan chiqarilgan)
(v) ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa pulini toʻlash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali yoʻlga qoʻyilganligini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati 2025-yil 1-noyabrdan tugatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
7. Ustama va mukofot miqdorlari:
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi xodimlari uchun uning birinchi rahbari tomonidan;
(b) tuman (shahar) hokimlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan;
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadi.
8. Belgilansinki, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi natijasi ularning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligining oʻrtacha natijasidan shakllanadi. Bunda:
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
(b) Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmonning 5-ilovasida keltirilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) inson omilini kamaytirgan holda tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilib, toʻliq raqamlashtirish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholashning namunaviy tartibi (keyingi oʻrinlarda — Namunaviy tartib)ni tasdiqlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Namunaviy tartib asosida oʻzlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibini tasdiqlasin.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu joriy etilayotgan yangi tizimni joylarda oʻrganib, natijalarining tahlili asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan 2025-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U.Sh. Xusainov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
15. Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 1-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 2-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 3-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PF-181-sonli Farmoniga asosan 4-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2027-yil 1-yanvar)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 5-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxati
I. Hududni kompleks rivojlantirish
1. Yalpi hududiy mahsulot hajmining oʻsish surʼati (viloyat uchun)*.
2. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻsish surʼati (tarmoq va sohalar kesimida)*.
3. Bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati (tarmoq va sohalar kesimida)*.
4. Qishloq xoʻjaligi hajmining oʻsish surʼati (shaharlar bundan mustasno)*.
6. Iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish (Zarbdor tajribasi).
7. Master reja ishlab chiqilgan hududlarda loyihalarni amalga oshirish.
8. Hududga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni oʻzlashtirish (drayver loyiha, ogʻir toifadagi mahalla, “Tashabbusli budjet”, “Agrostar” va h.k.).
9. Isteʼmol narxlari indeksi.
10. Budjet tushumlari prognozi ijrosi (soliq bazasini kengaytirish)*.
11. Raqamlashtirilganlik darajasi.
II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish
12. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati davomiyligi (yashovchanlik) darajasining oʻzgarishi (1 yildan, 3 yildan, 5 yildan, 10 yildan ortiq)*.
13. “Chempion” tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash (misol uchun, faoliyatini transformatsiya qilish, energiya samaradorlik, yashil tamoyillar (ESG), hisobotlarni xalqaro standartlarga oʻtkazish (IFRS), marketing, raqamlashtirish kabi yoʻnalishlar uchun konsultant ajratish).
14. Bank mijozlari bilan ishlab, yangi ish oʻrinlari yaratish (Uychi tajribasi).
15. Ishsizlik darajasini pasaytirish, aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish (soliq bazasidan oʻtgan soliq toʻlovchilar)*.
16. Mahallalarning ixtisoslashuv darajasini oshirish.
17. “Mahalla yettiligi” va aholi oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlari bajarilishini taʼminlash.
18. Aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish (“Bir kontur — bir mahsulot”, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish).
19. Norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish (band aholiga nisbatan ulushi).
20. Kambagʻallik darajasini pasaytirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish*.
21. Ijtimoiy reyestrdagi aholi ulushining oʻzgarishi.
22. Davlat dasturlari doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish (“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash”, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” va h.k.).
23. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun mulk huquqi asosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.
III. Sanoatni rivojlantirish
24. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligining (sanoat ishlab chiqarish hajmining sanoatda band boʻlgan aholiga nisbatan) oʻzgarishi.
25. Sanoat korxonalari soliq tushumlarining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishi.
26. Sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (jami sanoatga nisbatan ulushining oʻzgarishi).
27. Mahallalarda mikrosanoat markazlarini tashkil etish (Gʻijduvon tajribasi).
IV. Xizmat koʻrsatish
28. Turizmga ixtisoslashgan hududlarda mahalliy va xorijiy turist (sayyoh)lar oqimini oshirish.
29. Joylashtirish vositalari, jumladan, oilaviy mehmon uylari, xostel, modulli mehmonxona, kapsula va oʻtovlar tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
30. Turizm (mehmonxona va restoranlar) yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan subyektlarni booking.com, tripadvisor.com va boshqa onlayn sayohat va turistik platformalar orqali mijozlarni jalb etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish.
31. IT, tibbiyot, taʼlim va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida xizmatlar eksporti hajmining oʻsishi.
32. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarni koʻpaytirish.
33. Turistik tashkilotlarni tashkil etish.
34. Shahar va tuman markazlarida onlayn taksi xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.
V. Qishloq va suv xoʻjaligi
35. Foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining oʻzgarishi.
36. “AgroStar” kompaniyasi bilan hamkorlikda milliy brendlarni yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
37. Yangi bogʻ-tokzorlar barpo etish va eski bogʻlarni yangilash.
38. Qishloq xoʻjaligi hududlarida logistika markazlari va muzlatkichli omborxonalarni tashkil etish.
39. Yangi tartibda qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini aholiga uzoq muddatga ijaraga berish va ularda eksportbop mahsulot yetishtirish.
40. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish.
41. Suv xoʻjaligi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.
42. Ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish.
43. Oʻrmon xoʻjaliklarida loyihalarni amalga oshirish (daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarda).
44. Foydalanishga kiritiladigan oʻrmon fondi yer maydonlari.
VI. Investitsiya va eksport
45. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish*.
46. Hududiy investitsiya dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish (shu jumladan sanoat zonalaridagi loyihalarni amalga oshirish).
47. Hududiy eksport hajmini oshirish (sanoat va meva-sabzavot)*.
48. Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish.
49. Eksport geografiyasini va eksportbop tovarlar turlarini kengaytirish.
VII. Infratuzilmani yaxshilash
50. Ogʻir toifadagi mahallalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va ajratilgan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish.
51. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini oʻzlashtirish*.
52. Aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish.
53. Aholini toza ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasi.
54. Taʼmirtalab ichki yoʻllar ulushining jami ichki yoʻllarga nisbatan oʻzgarishi.
55. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish.
56. Yugurishga moʻljallangan maxsus yoʻlakchalar uzunligining jami piyodalar yoʻlakchasiga nisbatan oʻzgarishi.
57. Aholi yashash maskanlarini keng polosali yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash maqsadida optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish.
VIII. Yashil yondashuvlar
58. Yashil energiya bilan qamrab olingan (issiqlik tizimi, quyosh panellari va boshqalar) ijtimoiy soha obyektlari soni jami ijtimoiy soha obyektlariga nisbatan oʻzgarishi*.
59. Yashil energiya bilan qamrab olingan (quyosh panellari, issiqlik nasoslari, geliokollektor uskunalari va boshqalar) aholi xonadonlari soni jami aholi xonadonlariga nisbatan oʻzgarishi.
60. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish.
61. Korxonalarda atrof-muhit ifloslanishining davlat ekologik monitoringini oʻtkazish.
IX. Ijtimoiy soha
62. 3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi*.
63. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.
64. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (Pearson, IELTS, TOEFL va h.k.)ga ega boʻlgan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning jami yoshlarga nisbatan ulushining oʻzgarishi*.
65. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan maktab bitiruvchilarining jami bitiruvchilarga nisbatan oʻzgarishi (shuningdek, xorijga oʻqishga ketgan maktab bitiruvchilari)*.
66. Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etish.
67. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim va xususiy oʻquv muassasalarini koʻpaytirish (viloyat boʻyicha).
68. Onalar oʻlimi darajasi.
69. Goʻdaklar oʻlimi darajasi.
70. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari (SGSH) tashkil etish va mavjudlarini taʼmirlash.
71. Aholini sportga jalb qilish darajasi.
72. “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga aholini qamrab olish darajasi.
73. Sport yoʻnalishida milliy va xalqaro darajadagi sovrindorlar ulushi jami aholi soniga nisbatan oʻzgarishi.
X. Oila va xotin-qizlar
74. Xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish.
75. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish*.
76. Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, mahallalarda nizolarni barvaqt aniqlash, nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish.
77. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash.
78. Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish.
79. Davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyotini oʻtkazish.
80. Oilaviy ajralishlarni kamaytirish (oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishi)*.
81. Madaniyat va kinematografiya yoʻnalishida mahalliy, respublika va xalqaro tadbirlar oʻtkazish.
XI. Innovatsion rivojlanish
82. Hududlarni innovatsion rivojlantirish maqsadida startap va tijoratlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish.
83. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
84. Xalqaro grantlarni hududga jalb qilish.
XII. Ijro intizomi
85. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi*.
* Mazkur samaradorlik koʻrsatkichlaridan foydalanish shart.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/129/0709-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)