1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
OʻZBEKISTON SSJ ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son “Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jumhuriyat hududida joylashgan energetika va elektrlashtirish tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini barpo etish, ular strukturalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida xalq xoʻjaligining elektr va issiqlik energiyasiga talabini qondirish maqsadida “Uzbekenergo”ishlab chiqarish birlashmasi va “Uzbekgidroenergostroy” davlat qurilish-montaj tresti hamda ularning mavjud struktura boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 28-sentabr,
PF-57-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 28—30-son, 336-modda)