Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib
qoidalarida:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Maxsus qabulxonaning kun tartibi maxsus qabulxonalar tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida belgilangan namunaviy kun tartibiga asosan ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.”;
46-banddagi “IIV-IIBB-IIBlarning Tezkor maʼlumotlar boshqarma(boʻlim)lari” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.