Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
14-bandidagi “Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.