Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Matbaa korxonalari faoliyatini va ularning ishlarini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-fevraldagi 52-son qarori ikkinchi bandining
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, matbaa korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari va Davlat matbuot Qoʻmitasi roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻz faoliyatlarini boshlaydilar”.
2. “Oʻzbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomning:
“Matbaa korxonalari oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari va Davlat matbuot Qoʻmitasi roʻyxatga olgandan keyin amalga oshiradi”;
toʻqqizinchi bandning
ikkinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasining” soʻzlaridan keyin “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Matbaa korxonalari tomonidan mazkur Nizomning bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari va Davlat matbuot qoʻmitasi amalga oshiradi”.