Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3525, 2024-yil 4-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3525/0477-son) bilan tasdiqlangan Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari va bojxona organlari tomonidan undirilishi nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari uchun bojxona yigʻimini undirishda mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq soddalashtirilgan BKO shaklidan foydalaniladi.”.
3. 11-bandning
1-kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda — “BK” koʻrsatiladi;”.