1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori ijrosini taʼminlash hamda akkreditatsiyadan oʻtkazish talablarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtishda kamchiliklarni bartaraf etish muddatini toʻrt oygacha etib belgilash;
sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmatining joylashgan joyi oʻzgargan taqdirda, takroriy akkreditatsiyadan oʻtkazish oʻrniga soddalashtirilgan tartibni joriy etish.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-iyul,
456-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda malaka oshirgan va attestatsiyadan oʻtgan” soʻzlari “malakali” soʻzi bilan almashtirilsin.
“67. Akkreditatsiya qilingan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmati joylashgan joyi oʻzgarsa, xabarnoma kelib tushgandan keyin Markazning buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul guruh tomonidan ushbu akkreditatsiya qilingan subyektlarni baholash maqsadida bir ish kunida oʻtkazilgan ogohlantirishsiz tashrifning ijobiy natijasiga asosan, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi”.
5. 1-ilovaning 3-bosqich “Bajarish muddatlari” ustunining 1-bandidagi “Ikki oy mobaynida” soʻzlari “Toʻrt oy mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.