toggle_night_mode
Hujjat 01.07.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori ijrosini taʼminlash hamda akkreditatsiyadan oʻtkazish talablarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtishda kamchiliklarni bartaraf etish muddatini toʻrt oygacha etib belgilash;
sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmatining joylashgan joyi oʻzgargan taqdirda, takroriy akkreditatsiyadan oʻtkazish oʻrniga soddalashtirilgan tartibni joriy etish.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-iyul,
456-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)