Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-son “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 26-fevraldagi 18, 91-son “Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2662, 2015-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 166-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.