Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
yettinchi xatboshidagi “obyektini balansida saqlovchi davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat muassasalari” degan soʻzlar “obyekti biriktirilgan yuridik shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin
“4. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud yoki mavjud emasligi;”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud boʻlsa;”.