Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
“Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son “Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-son “Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 123-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-son “Davlat boshqaruvi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3448, 2023-yil 25-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 27.12.2024-y., 10/24/3590/1074-son) ilovaning
9-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 1808-son “Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomning 23-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-2, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son).