Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining Havo
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash
qoidalari”ga (OʻzR AQ-160)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlar.”.
2.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Yoʻlovchi, bagaj va yuklarni tashish uchun moʻljallangan aerodrom “Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalari” (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) va Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”da (OʻzR AQ-198) (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) belgilangan talablarga javob berishi kerak.”.