Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1003-sonli
Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli
qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 1-bandining
birinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda isbotlangunga” degan soʻzlardan keyin “va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sud tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Surishtiruvchi” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. 2-bandining
birinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning” degan soʻzlar “Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“dalil tegishli subyekt, yaʼni dalilni olish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatni oʻtkazishga vakolatli shaxs tomonidan olingan boʻlishi;”;
3. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan holda olingan dalil deganda — JPK 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan va Qonunning boshqa talablari buzilgan holda olingan har qanday faktik maʼlumotlar tushuniladi.”.
4. 4-bandining
toʻrtinchi xatboshisidagi “murojaat kelib tushgan holda” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5.
5-bandidagi “ashyolarga” degan soʻz “ashyolar va raqamli dalillarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 7-bandining
ikkinchi xatboshisidagi “yozma topshirigʻisiz” degan soʻzdan keyin “yoxud sudning ajrimisiz” degan soʻzlar, “organ tomonidan” degan soʻzlardan keyin “(kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“Agar sud kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda JPK 1581-moddasi tartibida oʻtkazilgan tintuvni hamda JPK 169-moddasi tartibida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar JPKning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi;”;
b) kichik bandidagi “boshqa shaxslar” degan soʻzlardan keyin “hamda voyaga yetmagan shaxslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“j) soʻroq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan, shuningdek, kar yoki soqovligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassisning koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz, soqov, kar, koʻr, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) hamda himoyachi ishtirokisiz olingan boʻlsa;”;
“z) voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh koʻrsatuvlari qonuniy vakilining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi koʻrsatuvlari himoyachi va qonuniy vakilining (JPK 549-550-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan boʻlsa (JPK 554-moddasi);”;
k) kichik bandining
beshinchi xatboshisidagi “tashuvchi jismlardagi” degan soʻzlardan keyin “elektron” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi n) kichik band bilan toʻldirilsin:
“n) maxsus qabulxonalar, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslardan qonunga xilof usullarda olingan boʻlsa;”;
8.
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tushuntirilsinki, jinoyat toʻgʻrisidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar, ish qoʻzgʻatilgandan keyin soʻroq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan soʻng chiqariladigan, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni ishga ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida qoʻshish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning mavjudligi hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.”.
ikkinchi xatboshisidagi “masalan,” degan soʻzdan keyin “vafot etganligi, bedarak yoʻqolganligi,” degan soʻzlar, “chiqib ketganligi” degan soʻzlardan keyin “, koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 12-bandining
birinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshisidagi “iltimosnoma” degan soʻzdan keyin “davlat va jamoat ayblovchilari,” degan soʻzlar, “uning himoyachisi” degan soʻzlardan keyin “, jamoat himoyachisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12.
16-bandidagi “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning ajrimi (qarori) asoslantirish qismida bayon etiladi.” degan jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday holatda qoʻshimcha ravishda ajrim chiqarish talab etilmaydi. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning hukmi, ajrimi (qarori)ni asoslantirish qismida bayon etiladi.”.
13.
17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.”.
14. 18-bandining
birinchi xatboshisidagi “surishtiruv, tergov olib borish” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov olib borish,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.