Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini samarali tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish tartibini oʻzgartirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyati samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlarini qoplab berishga (Jamgʻarma daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda)”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi “Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 427-son
qarorida:
(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;