Oʻzbekiston respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi
nizomiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno.”.
b)
5-band “ostida” degan soʻzdan keyin “boʻlgan” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
s)
131-banddagi “malaka guvohnomasiga” degan soʻzlar “malaka sertifikatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “malaka guvohnomasiga” degan soʻzlar “malaka sertifikatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Nazoratchi qonunchilik hujjatlari va (yoki) Yoʻriqnomada belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.”.
“Nazoratchiga qonunchilik hujjatlarida va (yoki) Yoʻriqnomada belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.”.
h)
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Nazoratchi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligini aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida ushbu holat yuzasidan professional ishtirokchining ijroiya organiga va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot berishi shart.”.
i)
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Professional ishtirokchiga kelib tushgan va nazoratchi faoliyatiga tegishli boʻlgan ariza va shikoyatlar koʻrib chiqish uchun nazoratchiga yuboriladi. Bunday ariza va shikoyatlar professional ishtirokchi tomonidan kelib tushgan kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.”.