Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandi
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) hisobot yili boshiga quyidagi reytinglardan biriga ega chet el sugʻurta tashkiloti:
“Moodyʼs Investors Services” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “Baa3”dan past boʻlmagan;
“Standard & Poorʼs Corporation” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+”dan past boʻlmagan;
“Fitch, Inc” (Buyuk Britaniya) agentligi tasnifi boʻyicha “BB–”dan past boʻlmagan;
“A.M. Best Company, Inc.” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “B+”dan past boʻlmagan;
“Ekspert-RA” (Rossiya Federatsiyasi) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+”dan past boʻlmagan;
“AKRA” (Rossiya Federatsiyasi) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “BB+” dan past boʻlmagan.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.