1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRIShNI VA SAMARQAND KIMYo ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qizilqum fosforit konlarining mineral-xomashyo bazasi asosida qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda respublika kimyo sanoati korxonalarining quvvatlarini yanada samarali ishlatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
(4—6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
7. Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish va korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlarni taʼminlash maqsadida:
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-son qarori bilan berilgan kreditlarni qaytarish, shu jumladan ular boʻyicha foizlarni hisoblab yozish muddati, qaytarishni 2007-yil 1-yanvardan boshlagan holda, uzaytirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Samarqand kimyo zavodining budjetga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va ular boʻyicha hisoblab yozilgan penyalar boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-noyabrdagi 551-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-maydagi 244-f-son farmoyishi;
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 5, 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.