toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
QARORI
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN) qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 10-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 353]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi va “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN) (hisob raqami 104, 2022-yil 20-avgust) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-may,
11-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 23-may
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2025-yil 23-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 23-may
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 23-may
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 26-maydagi 11-son qaroriga
ILOVA
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN) kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Quyidagi umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanoat oqova suvlarining chiqish joylarida yogʻ ushlab qolgichlarni oʻrnatilishi taʼminlanishi kerak:
yarim tayyor mahsulotlar bilan savdo qiladigan — zallardagi oʻrindiqlar soni 500 va undan ortiq boʻlganda;
xomashyo bilan ishlaydigan — zallardagi oʻrindiqlar soni 200 ta va 600 dan ortiq taom ishlab chiqarish.”.
2. Ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
“Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN)
ILOVA

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

A.N. Shukurov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Jahon savdo tashkiloti masalalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, t.f.n.;

N.J. Ermatov

Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Bolalar, oʻsmirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

O.L. Elinskaya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Sanitariya-epidemiologik nazorati boshqarmasining profilaktik toksiko-gigiyenik laboratoriyasi mudiri, t.f.d., katta ilmiy xodimi;

A.D. Ismailov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.;

K.T. Bokiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi, t.f.n.;

Sh.E. Erkinov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Taqrizchilar roʻyxati:

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Gigiyena kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

D.Sh. Alimuxamedov

Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar, oʻsmirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining dotsenti, t.f.d.;

O.P. Mirshina

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.”.