OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-son “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son qarori (roʻyxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining
milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil qilish”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“savdolar tashkilotchisi — koʻchmas mulk obyektining mulkdori yoki koʻchmas mulk obyektiga doir mulkiy huquqning egasi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilishni amalga oshiradigan rieltorlik tashkiloti;”.
“Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning koʻchmas mulklarini realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshiriladi, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno.”.
3.
56-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qonunda belgilangan qoidalar buzib oʻtkazilgan auksion yoki tanlov manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Auksion yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish auksion yoki tanlovda gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.”.