OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING
“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son “Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qaror qiladi:”.
2. Nizomning
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.