OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957 son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3272, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3272/1144-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2. 4-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“3-bandda oliy yoki boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional yoxud oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun taʼlim tashkilotining toʻliq nomi, qaysi yili va qanday mutaxassislik bilan tamomlaganligi koʻrsatiladi. Agar oliy yoki boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional yoxud oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini tamomlamagan boʻlsa, qaysi bosqichni (kurs, sinf) tugallaganligi koʻrsatiladi. Agar harbiy xizmatga majburlar bir nechta taʼlim tashkilotini tamomlagan boʻlsa, u holda eng yuqori maʼlumot beradigan taʼlim tashkiloti koʻrsatiladi. Boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini tamomlagan shaxslar uchun hisob varaqasini toʻldirishda taʼlim tashkilotining nomi, qachon va qanday mutaxassislik boʻyicha tamomlaganligi koʻrsatiladi, oʻquvchilarga esa umumtaʼlim maktabining qaysi sinfida, oliy yoki boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional yoxud oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining qaysi bosqichida (kursida) tahsil olayotganligi koʻrsatiladi. Masalan: “umumtaʼlim maktabining 11-sinfida oʻqiydi” yoki “Toshkent davlat universitetining amaliy matematika fakultetida 3-bosqichda oʻqiydi”, “Turizm kollejining 2-bosqichida oʻqiydi”. Faqat umumtaʼlim maʼlumotiga ega boʻlganlar uchun “umumtaʼlim maktabining 11-sinfini tamomlagan.”.
5.
41-banddagi “oʻquv muassasalariga” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
1-ilovaning matnidagi “taʼlim muassasasining” va “taʼlim muassasasini” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotining” va “taʼlim tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
2-ilovaning matnidagi “taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkiloti” va “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomidagi “taʼlim muassasasidagi” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotidagi” degan soʻzlar bilan, “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Roʻyxatni tuzish boʻyicha tushuntirishlarda:
1-banddagi “taʼlim muassasasini” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-banddagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9.
7-ilovaning matnidagi “oʻquv yurtini” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.