OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 222, 2023-yil 14-dekabr)
80-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“1000 m2 va undan katta boʻlgan bino va inshootlarning qurilish maydonlarini loyihalashda datchiklar yordamida chang miqdori va shovqin darajasini onlayn koʻrsatuvchi hamda maʼlumotlarni arxivlangan (saqlagan) holda yozib boruvchi tablolarni oʻrnatishni hisobga olish lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.